Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi ko‘prikdan qiz o‘zini suvga tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 10 mart kuni soat 21:25 da Oqdaryo tumani «O‘zbekiston» mahallasida yashagan 18 yoshli qiz D.O. (oliy ta’lim muassasasi talabasi) Oqdaryo va Samarqand tumanini bog‘lab turuvchi Qoradaryo ko‘prigidan o‘zini suvga tashlab, joniga qasd qilgan.

Uning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.

Holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmokda.