Kuzgi daraxt ekish mavsumini e’lon qilgan prezident, O‘zbekistonni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralashga chaqirgan Yevroparlament, sobiq eri tomonidan 5 soat kaltaklangan ayol, 16-oktabrdan tiklanadigan shimoliy vokzal faoliyati va boshqalar — “Gazeta.uz”n ing kun dayjestida.
YeI va BMT Taraqqiyot dasturi amalga oshirgan O‘zbekistonda vaqtincha yashayotgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbga tayyorlash bo‘yicha loyihaning birinchi bosqichida 330 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Termizda loyihaning 400 nafar Afg‘oniston fuqarosini qamrab olgan ikkinchi bosqichi boshlandi.
Jizzaxlik tadbirkor Qashqadaryodan 60 tonna chigitini olib chiqishda taqiqqa uchradi. Uning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, viloyat hokimining og‘zaki buyrug‘i bilan yuk mashinasi 5 kundan beri “Umakay” YPX maskanida ushlab turilibdi. Bunday holat Qashqadaryoda birinchi marta yuz berayotgani yo‘q.
UNICEF Surxondaryoda bolalarning kengaytirilgan va inklyuziv ta’lim olishi uchun Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi ayrim bog‘chalarda ko‘p tilli guruhlar ochdi. Unga Yevropa Ittifoqi 1,6 mln yevro moliyaviy yordam ko‘rsatdi.
17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat san’at muzeyida ilk bor aprel oyida Milanda taqdim etilgan Tashkent Modernism.Index ko‘rgazmasi ochiladi. Xohlovchilar ikki hafta davomida ko‘rgazmaga borishlari mumkin va kirish bepul.
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning 78 foizi begonalar, 14 foizi ota-onalari, qolgani qarindosh va tanishlari tomonidan sodir etilmoqda. Prokuror Laylo Fayzimurodovaning ta’kidlashicha, nafaqat zo‘ravonlik qurboni, balki voqeaga guvoh bo‘lgan va ruhiy jabrlangan bolalar bilan ham ishlash kerak.
Toshkent shimoliy vokzali 16-oktabrdan o‘z faoliyatini tiklaydi. U yerdan “Afyrosiyob”, “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent-Volgograd” poyezdi harakatlanadi. 16-oktabrdan Janubiy vokzaldan Xo‘jakent, Guliston, Angren, Xovos va Bekobodga poyezdlar jo‘naydi.
Zangiota tumanida ayol sobiq eri uni 5 soat kaltaklab, shifoxonaga keltirgani, holatga mas’ullar e’tibor qaratmaganini aytib, murojaat qildi. Video tarmoqlarda tarqalgach, hokimliklar, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va IIB vakillari ayol bilan uchrashib, holatni nazoratga oldi. Ayol poytaxtda davolanmoqda.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda avtomobillarning markaziy vokzallarga kirishiga ruxsat berilish mumkin. Stansiyalar hududida savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari ham tashkil etiladi.
Rulda ketayotganini videoga olib, svetoforda Nexia-3 bilan to‘qnashgan Equinox haydovchisi haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi va yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun atigi 1 mln 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sud Nexia-3 haydovchisiga ham guvohnomasi yo‘qligi uchun xuddi shu miqdorda jarima soldi.
Yashnobod tumanida fuqaro qalbaki 40 mln so‘mni 18 mln so‘mga sotishda gumonlanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Brend mamlakatning barcha aholisi uchun tanlov e’lon qildi, unda har bir kishi o‘z omadini sinab ko‘rishi va nafaqat O‘zbekiston fuqarolari orasida shuhrat qozonishi, balki texnologik gadjetlarni ham qo‘lga kiritishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi Toshkent metropolitenidan foydalanishning yangi qoidalarini tasdiqladi. Metroda elektron sigaretalar, nosvoy chekish, akrobatika hamda sport mashqlarini bajarish, poyabzalsiz va kiyimsiz yurish taqiqlanadi. Metroga velosiped va samokatda kirish ham taqiqlandi.
“O‘zbekiston is gaziga qarshi kurash jamiyati” uch yildan ortiq vaqtdan beri NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha rad javobini olib kelmoqda. “Gazeta.uz” kolumnisti Dilmurod Yusupov 12 ta javob xatini o‘rganib chiqib, NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar hali ham tizimli ekanini ta’kidladi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni davom ettirmoqda, deb xabar qildi O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi.
OTBdan elektromobillarni ommalashtirish uchun $170 mln, Toshkentda tuproq bosib qolib vafot etgan 2 quruvchi, metropolitendagi uzilishlar sababi, $75 mingga sotilgan eng qimmat avtoraqam, Andijon davlat universitetidagi 39,3 mlrd so‘mlik talon-toroj va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
01 777 RRR avtomobil raqami kimoshdi savdosida 894 mln so‘mga sotilib, O‘zbekistonda yuridik shaxslar uchun eng qimmat “chiroyli” raqam bo‘ldi. Bir yarim soatlik savdoda narx 3 barobarga oshdi.
“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqolasi boshqalar tomonidan bir necha bor o‘zlashtirilib, ular nomidan hatto ilmiy nashrlarda ham e’lon qilingan professor Mavluda Abbosova-Yusupovaning yozishicha, jazosizlik sabab “gullab-yashnayotgan” plagiat O‘zbekiston ilm-fani nufuziga katta ziyon yetkazmoqda.
Uchtepa tuman hokimligi kollektor qurilishida 5 nafar xodimni tuproq bosib qolganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, ulardan 2 nafari vafot etdi, 1 nafari kasalxonada, qolganlarning ahvoli qoniqarli baholanmoqda.
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilar ko‘payib, vagonga ortiqcha yuklama tushayotgani sabab ko‘p buzilish bo‘layotganini aytdi. Bunda to‘lib kelgan vagonga chiqmay, keyingisini kutish tavsiya qilindi. Tiqilinchni kamaytirish uchun yil oxirigacha “Chilonzor” yo‘liga ham 5 vagonli poyezdlarni sinov uchun qo‘yish reja qilinmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting