10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligida V International Tashkent Marathon va O‘zbekistonning 14 shahrida bir vaqtda o‘tkaziladigan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi arafasida matbuot anjumani bo‘lib otdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi milliy olimpiya qo‘mitasi, «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati va Yengil atletika federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etdi.

реклама

V International Tashkent Marathon poytaxtda 5500 nafar ishtirokchini birlashtiradi. Ushbu son Yengil atletika federatsiyasi tomonidan muhim sport tadbiri — Toshkentdagi beshinchi xalqaro marafoni sharafiga taklif etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport ishlari vazirining o‘rinbosari Shaxrullo Maxmudov ta’kidlaganidek, International Tashkent Marathon`ni xorijlik sportchilar va yugurish sporti ixlosmandlari qiziqish bilan kuzatib borishmoqda. Bugungi kunga qadar 34 ta davlatdan yuguruvchilar marafonda ishtirok etish uchun ariza topshirishdi. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan marafon World Athletics`ning xalqaro musobaqalar taqvimiga kiritilgan. Klassik marafonning litsenziyalangan standartini bajargan holda: ayollar uchun — 2:26:10 va erkaklar uchun — 2:08:10 vaqt belgilandi, sportchilar 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga litsenziya yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

реклама

Marafon masofasida ishtirok etish istagini bildirgan O‘zbekistonlik sportchilar orasida o‘tgan mavsumlar sovrindorlari — Zakirillo Mamatqulov va Vladislav Mamedovlar ham bor. Yarim marafon masofasida esa 2022 yil g‘oliblari Aziza Mirzakbarova va Yekaterina Tunguskovalar to‘qnash kelishadi. Yarim marafonda 10 ming metrga yugurish bo‘yicha O‘zbekiston rekordchisi Sitora Hamidova ham tanaffusdan so‘ng o‘zini marafonda sinab ko‘radi.

O‘zbekistonning eng kuchli sportchilaridan biri, SHHT Toshkent yarim marafoni g‘olibi Shohrux Davlatov ham yarim marafonda ishtirok etish uchun ariza topshirdi. Bu uning Keniyaning Iten shahridagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘indan keyingi ilk chiqishi bo‘lib, u yerda sportchi dunyoning eng yaxshi yuguruvchilari bilan birga mashg‘ulot o‘tkazgan.

реклама

Yangi Nafas sport harakatining «Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda, birga yuguramiz» yagona shiori o‘tkazilayotgan V International Tashkent Marathon doirasida 3 km masofaga yugurish uchun butun mamlakat bo‘ylab taxminan 75 ming ishtirokchi birlashadi. Oliy ta’lim vazirligi, Fan va innovatsiyalar vazirligi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi 57 ta oliy o‘quv yurtidan 25 mingdan ortiq talaba ham poygada ishtirok etadi.

Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining moslashuvchan formati butun mamlakat bo‘ylab turli yoshdagi fuqarolarni birlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga Yangi Nafas ijtimoiy harakati aholi salomatligini mustahkamlash, aholini sog‘lom turmush tarziga rag‘batlantirishga qaratilgan. Loyiha doirasida O‘zbekistonning shahar va tumanlarida xayriya ommaviy yugurish musobaqalari va marafonlar, sport tadbirlari o‘tkaziladi. Musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun har bir viloyatda viloyat hokimliklarida tezkor shtab tashkil etilgan. Eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

реклама

Yangi Nafas keng ko‘lamli sport harakati uning tashkilotchilari bo‘lgan Yoshlar siyosati va sport ishlari vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Fan va innovatsiyalar vazirliklari, «O‘zbekneftgaz» AJ hamda O‘zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasining samarali hamkorligi samarasidir. Hududlarda o‘tkaziladigan Yangi Nafas poygalariga Yengil atletika federatsiyasi tomonidan tayyorlangan 250 nafar malakali hakam va murabbiylar hamda 300 nafarga yaqin ko‘ngillilar jalb etiladi.

Shuningdek, brifingda, 11 mart kuni bo‘lib o‘tadigan V International Tashkent Marathon arafasida Paxtakor stadionida faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlovchi ikki avlodni birlashtirgan Kids Run bolalar ommaviy yugurish musobaqasi va skandinavcha yurish musobaqasi o‘tkazilishi haqida ham so‘z yuritildi.

реклама

V International Tashkent Marathon`ning o‘tkazilishi ayni paytda professional yuguruvchilar va yugurish sporti havaskorlari uchun bahor faslining boshlanishi bo‘lib, u o‘zida tabiatning uyg‘onish kuchlari va g‘oyalarini mujassam etadi. Shu bilan birga bu o‘zbek xalqining sevimli Navro‘z bayrami ramzi hamdir.

Reklama huquqlari asosida.