O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi ko‘magida Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Avstriyaning «eee Austria» kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Unda monomarkazlarni modernizatsiya qilish hamda mahalliy va Avstriya mehnat bozori uchun mehnat muhojirlarini tayyorlashda kasb-hunar ta’limi dasturlarini izchil tadbiq etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish rejalari muhokama qilingan.

Xususan, muzokaralar doirasida tomonlar Avstriya hamda Germaniya mehnat bozorlarida ishga joylashishlari uchun Avstriya andozalariga muvofiq mehnat migrantlarini tayyorlash va malakasini oshirish markazi tuzish imkoniyati ko‘rib chiqqan.

австрия, германия, марказ, мигрантлар
Foto: «Dunyo»

Onlayn uchrashuv davomida O‘zbekiston tomonidan markazda tegishli ta’limni olganlaridan so‘ng fuqarolarning Avstriya mehnat bozorida ularning bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Loyiha doirasida Avstriyaning yetakchi institutlari bilan yaqin ilmiy va amaliy aloqalarni o‘rnatish ham nazarda tutilgan.