Toshkentda shanba kuni uchta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan YTH natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar qildi poytaxt IIB matbuot xizmati.

Hodisa soat 13:00 atrofida Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasidagi Taxtapul ko‘prigida sodir bo‘lgan.

changan, cobalt, matiz, аvaрияDastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kichik Changan yuk mashinasi haydovchisi yo‘l chetida to‘xtab turgan Matiz, keyin esa o‘z bo‘lagida harakatlanayotgan Cobalt bilan to‘qnashib ketgan.

Hodisa natijasida Matiz’ning 1984 va 2002 yillarda tug‘ilgan yo‘lovchilari olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

changan, cobalt, matiz, аvaрия

Mazkur holat yuzasidan Toshkent IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston JKning 266-moddasi 3-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.