“Hayot hamin”

Karikaturalar personaji Toshmurod – o‘zining hayoti va falsafasi,

“kultur-multur” va mentalitet haqida

Illyustrator Jasur Rahimov Samarqandda tug‘ilib o‘sgan. 2012-yilda u o‘qish uchun AQSHga jo‘nab ketgan. “Yangi dunyo”da u amerikalik rassomlarning illyustratsiyalar sohasini qanday rivojlantirayotganini o‘rgandi va o‘zining O‘zbekiston haqidagi illyustratsiyalari bilan art-loyiha boshlashga qaror qildi.

Jasur o‘z loyihasini Uzbekistan Illustrated (“O‘zbekiston suratlarda”) deb atadi, uning bosh qahramoni xayoliy personaj Toshmurod bo‘ldi. Bu yil u 10 yoshga to‘ladi. “Gazeta.uz” yubiley munosabati bilan Jasur Rahimovdan Toshmurod, uning falsafasi va plagiat haqida so‘radi.


«
Toshmurod – yaxshi bola, xushchaqchaq. Uni 2012-yilda AQSHga ko‘chib o‘tganimdan so‘ng Uzbekistan Illustrated loyihasi uchun yaratdim. Men O‘zbekiston haqida rasmlar chizardim, lekin Amerikada illyustratsiyalar brendlar uchun ishlatiladi va shunga mos ravishda bu brendlar illyustratsiyalar orqali ham rivojlantiriladi. O‘zbekistonda ham o‘ziga xos shunday narsa bo‘lsa, yaxshi bo‘lardi, deb o‘yladim.
реклама
реклама
Avvaliga Uzbekistan Illustrated faqat Facebook doirasida mavjud edi. Toshmurod loyihaning diktori edi – u yangiliklarni o‘qirdi. Bugungi kunda loyihaning o‘z Telegram kanali va Instagram sahifasi mavjud, ammo so‘nggi paytlarda suratlar kamroq chiqmoqda.
Ammo bizning nastarin rangli velyur chopon kiygan, yorqin sariq yakaband (belbog‘) va do‘ppi kiygan tilla tishli o‘rtog‘imiz dolzarb yangiliklarni o‘qishda davom etmoqda.
Rais buva oldiga maʼlumotnoma olish, chiqindi tashlash xizmatlari uchun pul to‘lash yoki kamdan-kam o‘tkaziladigan maraka uchun katta qozonni olib turishga borardik.
Toshmurod — yig‘ma personaj. Bu Nasriddin Afandi va bolaligimdagi mahallada yuradigan “xoxmach”lar (quvnoq insonlar) aralashmasi. Men Samarqand markazidagi xonadonda katta bo‘lganman. Mahallamizda hozirgidek mahalla qo‘mitasi yo‘q edi. Qozon pechkali kichkina xona bo‘lar edi, u yerda rais buva va uning kotibi faoliyat yuritardi. Biz u yerga maʼlumotnoma olish, chiqindi tashlash xizmatlari uchun pul to‘lash yoki kamdan-kam o‘tkaziladigan maraka uchun katta qozonni olib turishga borardik.
Ko‘p qavatli uylardan iborat mahallalarda “xoxmach”lar bo‘lmagan, eski Samarqand shahrida esa ko‘p sonli qarindoshlarimiz mahalla “xoxmach”lari bilan yonma-yon yashashadi. Har safar tog‘amning uyiga, Registon tomonga borganimizda o‘zim uchun o‘zgacha bir olamni kashf qilardim: tut daraxtlaridan to‘kilgan mevalar bilan yopishqoq bo‘lib qolgan asfalt, qo‘shnilarning tandirlaridagi nonlar, tor ariqli yo‘laklar, Siyob bozoridan 2,5 daqiqalik masofa, bulutsiz osmondagi varraklar, masjid, uning yonida esa o‘sha “xoxmach”lar yig‘ilgan mahalla qo‘mitasining “bino”si.
реклама
реклама
Qo‘mitaning binosi katta edi – haqiqiy o‘zbekcha zal. Bu yerda quvnoq va gapga usta kishilar narda, shashka, shaxmat va karta o‘ynashardi. Ular atrofdagi hamma narsaga: stol o‘yinlarimi, choyshab tutib tut terishmi, xalisa tayyorlashmi yoki to‘y, dafn marosimi va boshqa ommaviy marakalarni o‘tkazishga yordam berish bo‘ladimi, hammasiga tabassum bilan munosabatda bo‘lishardi. Bu insonlar yuzidagi tabassum bizning Toshmurodimiz orqali tasvirlangan Uzbekistan Illustrated sahifalariga kirib keldi.

Unga ismni o‘zim o‘ylab topdim. Hamma o‘zbek nomlarining o‘z maʼnosi bor. Toshmurod ismi “orzudagi tosh” deb tarjima qilinadi – bu axir ajoyib ism emasmi?!

Ayrim vatandoshlarning fikricha, Toshmurod o‘z yurti ustidan kuladi, shuning uchun ham u vatanparvar emas. Avvallari Toshmurod yurti ustidan emas, yurti bilan birga kulayotganini isbotlashga urinardi. Keyin hammani rozi qilib bo‘lmasligini tushundi. Endi u shunday deganlarga kulimsirab, qo‘lini qorniga qo‘yib, “xo‘sh” degancha bosh irg‘aydi.
Toshmurodning o‘zi milliy urf-odatlarga amal qiladi. Milliy qadriyatlar, Toshmurodning fikricha, yaxshi inson bo‘lish, o‘zgalarga yomonlik qilmaslik, yozda palovni salat bilan, qishda turp va chakka qo‘shib isteʼmol qilish demakdir.
  • Milliy qadriyatlar – barcha qadriyatlardan ustun. A, ko‘proq choy ichish ham bir milliy qadriyatdir.
Toshmurod o‘zbekistonliklarni o‘ylantiradigan xamma narsa haqida gapiradi – global voqealardan tortib, mahalliy ob-havogacha. Yangiliklarni, ijtimoiy tarmoqlarni o‘qib, ularni Toshmurodga so‘zlab beraman. Biz ularni birgalikda muhokama qilamiz, hazil qilamiz, latifalar o‘ylab topamiz – umuman olganda, biz u bilan chin do‘stmiz.
Yaqinda u menga ChatGPT haqida gapirib berdi:
  • “Menga qara”, — dedi u, — sunʼiy intellektdan chizish uchun mavzular so‘raymiz va bu mavzularni midJourney‘ga tashlaymiz – va bam! kontent tayyor. Kel, shuni yo‘lga qo‘yamiz, – deydi, – shu rasmlar asosida tovar ishlab chiqarishni boshlaymiz”.
  • “Bu narsaning joni yo‘qku”, – deb bahslashaman.
  • “Tavsiya sifatida “jon” deb qo‘shib yozsak, tasvirlar ham jonlanib ketadi”, – deya taʼkidlaydi Toshmurod.
Uning menga bergan eng foydali maslahati bu –
“Hayot hamin” (“Hayot shunaqa” – tojikchadan) –
har qanday vaziyatda ham qo‘llanishi mumkin
bo‘lgan universal ibora.
Uning menga bergan eng foydali maslahati bu – “Hayot hamin” (“Hayot shunaqa” – tojikchadan) –
har qanday vaziyatda ham qo‘llanishi mumkin bo‘lgan universal ibora.
Har qanday o‘zini hurmat qiladigan samarqandlik kabi Toshmurod ham 15 yildan beri “Grin-karta” olish uchun ariza topshirib keladi. Negadir, u o‘zi xabarsiz holda uning nomidan yana boshqa arizani “grinkardchi” (“Grin karta” olish uchun ariza to‘ldirish bo‘yicha agent) topshiryapti deb hisoblaydi, buning uchun Toshmurodni diskvalifikatsiya qilishlari mumkin.
Lekin u hali ham viza yutib olmagani va Bruklindagi Ocean Parkway‘da qo‘shnilari bilan narda o‘ynamayotganidan umuman xafa emas. “Hayotam hamin”, deydi u, chunki uning yonida Mehriniso ismli chiroyli rafiqasi va o‘g‘li Xudoyberdi bor. Yordamchi ham voyaga yetmoqda, kundalik hayotda dadasiga yordam beradi. O‘g‘li baʼzida Uzbekistan Illustrated sahifalaridagi epizodik rollarda uchrab turadi.

Toshmurod pop-madaniyatda

2015 yilda Telegram‘da o‘z stikerlarini joylash imkoniyati paydo bo‘lgach, Afisha Media ko‘magida Toshmurod bilan stikerlar to‘plami yaratildi. Yetti yildan ortiq vaqt ichida stikerlar to‘plami taxminan 7,5 mln marta ishlatilgan.
Toshmurod O‘zbekiston va yaxshi kayfiyat bilan ifodalanadi. Bu qahramonni ko‘pincha o‘g‘irlab ishlatishadi: yo Toshmurod kitob muqovasida paydo bo‘lib qoladi, yoki u Smolenskdagi ovqatlanish joyini reklama qiladi. Bu esa uning xalqqa yoqishini yana bir bor isbotlaydi.
реклама
реклама
Menga uni “o‘g‘irlashlari” yoqmaydi. Men o‘g‘rilar bilan bog‘lanishga harakat qilaman, undan ruxsatsiz foydalanishni to‘xtatishlarini so‘rayman. Toshmurod esa bunga falsafiy ohangda shunday deydi:
  • Eee mon-e! Cho mukuni nervnichat kada? Kadan giran.

    Tojik tilidan tarjimasi:
    “Ee, qo‘ysangchi! Nega asabiylashasan? O‘g‘irlayverishsin”.
“Hayot hamin” — deb hisoblaydi Toshmurod va hammaga keng tabassum qilib, chuqur nafas olgancha, dunyoga mahalla hazillari prizmasidan
nazar tashlashni tilaydi.
“Hayot hamin” — deb hisoblaydi Toshmurod va hammaga keng tabassum qilib, chuqur nafas olgancha, dunyoga mahalla hazillari prizmasidan nazar tashlashni tilaydi.

Matnni Sabina Bakayeva tayyorladi.

Illyustratsiyalar muallifi: Jasur Raximov.

Matn va grafik materiallarga bo‘lgan barcha huquqlar

“Gazeta.uz” nashriga tegishli.

“Gazeta.uz” internet-nashri saytida eʼlon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.


Qiziq narsalarni bilasiz va ular bilan bo‘lishmoqchimisiz?

Hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting