Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidan tuxumsimon 2 ta xum va Toshkent vohasining o‘rta asrlarga oid arxeologik yodgorliklariga tegishli 2 ta ashyo topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, топилган tarixiy ashyolar orasida sirtiga ayol qiyofasi bo‘rttirib gavdalantirilgan toshbaqasimon ko‘za noyob hisoblanadi. Bunday idish Toshkent viloyatida ilk bor topildi. U qadimgi yunon an’anasiga mos ravishda ishlangan.

ko‘za, Madaniy meros agentligi

«Bu qadimgi Choch-Toshkent hududiga salavkiylar sarkardasi Demodamning (miloddan avvalgi III asr) kelishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Idishda yunon ma’budasining tasviri o‘z aksini topgan. Xuddi shunday qiyofa Turkiyada miloddan avvalgi II asrda qurilgan Apollon ibodatxonasida ham bor», — deyiladi xabarda.