9 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida yo‘lovchi avtobusida erkak kishining qiz bolaga shilqimlik qilgani aytilgan video tarqaldi. Viloyat IIB ushbu xabar shahar IIO FMBda tegishli tartibda qayddan o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Lavhada qiz bolaning «…bu yerga keldi-da, yopishaverdi. Keyin u yoqqa bor, dedim men. Keyin u yoqqa bordi u. Ahmoq», — degan ovozi eshitilgan. [Atrofdan «Uni militsiyaga berish kerak, sharmanda», degan ovozlar takror yangraydi] Noma’lum erkak esa ayollarga qarata buni sezmagani va bilmaganini aytadi. Avtobus haydovchisining yonida esa qiz bolaning yig‘isi eshitiladi.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

O‘rganish davomida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi aytildi.