Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum 30 aprel kuni o‘tkazilishi kutilmoqda

Qonunchilik palatasi Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq referendumini — 30 aprel, yakshanba kuni o‘tkazishni ma’qulladi. Tegishli qarorni 134 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 2 nafari betaraf qoldi, 1 nafari esa ovoz bermadi. Avvalgi referendum bundan 21 yil avval bo‘lib o‘tgandi.

Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni o‘rganishga kirishdi

O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi Qonunchilik palatasining Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini ko‘rib chiqishga kirishdi. Hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha yig‘ilish 13 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Qonunning o‘zini ko‘rib chiqish haqida esa sudga murojaat qilinmagan.

Yangi Konstitutsiyadan «xalq ma’naviyati» himoyasi uchun axborot tarqatishni cheklovchi norma chiqarib tashlandi

Jamoatchilik e’tirozidan so‘ng yangi Konstitutsiya loyihasidan «xalq sog‘lig‘i va ma’naviyatini» himoya qilish maqsadida axborotni tarqatish cheklanishi haqidagi norma chiqarib tashlandi. Uning o‘rniga «aholining sog‘lig‘i, ijtimoiy axloq» jumlalari kiritildi. Bunga faollar turlicha munosabat bildirdi.

Deputatlar yangi Konstitutsiya bo‘yicha qonunni qabul qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririni qabul qildi, keyinchalik u referendumga qo‘yiladi.

Toshkentda ayollarning tashqi ko‘rinishini tanqid qilgan qiz 15 mln so‘m jarimaga tortildi

Poytaxtda burqa kiygan 20 yoshli talaba qiz xotin-qizlarning ochiq-sochiq libosini tanqid qildi. IIV o‘z diniy qarashlari orqali boshqalarga baho berish yoki shaxsiy hayotga aralashish mumkin emasligini eslatib, qiz 15 mln so‘m jarimaga tortilganini bildirdi.

Rossiyada jazo muddatini o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarosi Ukrainada vafot etdi

Rossiyada qamoq jazosini o‘tayotgan Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida yashovchi fuqaro Ukrainada vafot etdi. Qayd etilishicha, erkak Ukrainaga qurilish ishlari uchun jo‘natilgan va u turgan joyga snaryad kelib tushgan.

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar marafon sabab vaqtincha yopiladi

Toshkent shahrida o‘tkaziladigan V International Tashkent Marathon ommaviy yugurish musobaqasi sabab qator ko‘chalar 11−12 mart kunlari vaqtincha yopiladi.

Prezident davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident tasdiqlagan qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi, agentlik, davlat tashkilotlari va mahalliy hokimiyatlar davlat mulkini boshqaradi. Mamlakatning yer, yerosti boyliklari, o‘simlik, hayvonot dunyosi, arxiv hujjatlari, madaniy meros obyektlari va muhofazadagi hududlar xususiylashtirilmaydi.

Nukusdagi portlashda vayronalar ostidan olib chiqilgan 5 yoshli qizcha vafot etdi

Nukus shahridagi 4 qavatli uyda gaz portlashidan so‘ng vayronalar ostidan qutqarib olingan 5 yoshli qizcha 8 mart kuni shifoxonada vafot etdi. Qizchaning otasi ushbu baxtsiz hodisa oqibatida onasi, turmush o‘rtog‘i va ikki farzandidan ayrildi.

Toshkentdagi tirbandliklardan eng ko‘p avtobus yo‘lovchilari aziyat chekmoqda — PMTI

PMTI ekspertlari Toshkent shahri aholisining yo‘llardagi tirbandlikka munosabatini o‘rgandi. Respondentlarning aksariyati tartibsiz haydovchilar, qoidabuzarliklar va noto‘g‘ri parkovkani asosiy sabablar deb biladi. Tirbandliklardan ko‘proq avtobus va mikroavtobus yo‘lovchilari aziyat chekmoqda.

Berlinda «O‘zbekiston arxeologik xazinalari» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

May oyida Berlinda «O‘zbekistonning arxeologik xazinalari: makedoniyalik Iskandardan to Kushonlar sulolasigacha» ko‘rgazmasi ochiladi. Unda O‘zbekistonning 9 ta muzeyidan 285 ta ashyo namoyish etiladi.

Martdan butun O‘zbekiston bo‘ylab 5G texnologiyasi joriy etiladi

Mart oyidan O‘zbekiston bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy etish boshlanadi. Dastlab tarmoq bilan Toshkent shahri to‘laqonli, viloyat markazlari esa qisman qamrab olinadi. Qolaversa, ilk marotaba flagman smartfonlar, jumladan, iPhone egalari 5G`dagi mobil internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonning top-10 soliq to‘lovchisi e’lon qilindi. budjet daromadlarining uchdan bir qismi ularga bog‘liq

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023 yilning 10 ta eng yirik soliq to‘lovchisi nomini e’lon qildi. Ular budjetning uchdan bir qismini ta’minlaydi. Davlat budjeti yirik soliq to‘lovchilarga qaramligicha qolmoqda. Taqqoslash uchun: 2018 yilda 20 ta kompaniya budjet tushumining 34 foizini taqdim etgandi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 15 dan ortiq hamkorlik hujjatlari imzolandi

Qirg‘iziston hukumati rahbarining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha 15 dan ortiq hujjat, jumladan, avtomobil va tijorat uskunalarini yig‘ishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, qo‘shni mamlakatda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni bank xizmatlari bilan bog‘liq firibgarlikdan ogohlantirdi

Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari mobil ilovadan pul o‘tkazishda hisob raqamidan pul yechib olinishi va yuqori foizli kreditlar rasmiylashtirilishi kabi muammolarga uchramoqda. Migratsiya agentligi fuqarolardan bank xizmatlaridan foydalanishda shaxsiy ma’lumotlarni hech kimga ma’lum qilmaslikni so‘radi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Soyuz»mi yo mustaqillik, trend doirasida, parlament islohoti. O‘zbekistonda referendumlar necha marta va nega o‘tkazilgan?

O‘zbekistonda 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilishi kutilayotgan referendum mamlakat tarixida shu tartibdagi beshinchi umumxalq ovoz berish jarayoni bo‘ladi. «Gazeta.uz» bungacha 1991 (2 marta), 1995 va 2002 yillarda o‘tkazilgan referendumlar haqida ma’lumot beradi.

Nima ko‘ramiz? San’atshunos jurnalist Iqbol Qo‘shshayeva tavsiya qiladi

Yaxshi kino — yaxshi kitobdek. Ayni damda, biri ikkinchisiga xalal bermaydi. «Gazeta.uz» vaqtni mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashmoq niyatida «Nima ko‘ramiz?» loyihasini boshladi. Ko‘rilishi maqsadga muvofiq hisoblangan filmlar haqida kinoijodkorlar, jurnalistlar, jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.