Jamiyat

Qashqadaryoda erkak asrab olingan 2 nafar qizning nomusiga tekkanlikda gumonlanmoqda
6 aprel 2023, 18:13

Qashqadaryoda erkak asrab olingan 2 nafar qizning nomusiga tekkanlikda gumonlanmoqda

Qashqadaryoda erkak 8 nafar bola asrab olib, ulardan 2 nafar qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi qizlardan birining homilador bo‘lib qolganini rad etdi. Bolalar qarindoshlariga, yordam ko‘rsatish markaziga, Bolalarni himoya qilish shu’basi mudiri ixtiyoriga topshirildi.

Shamol va suv musiqasi: Parkent tumani bo‘ylab sayohat
6 aprel 2023, 18:00

Shamol va suv musiqasi: Parkent tumani bo‘ylab sayohat

Dam olish kunlari oila va do‘stlar davrasida tabiat qo‘yniga chiqish hamda bahor go‘zalliklaridan bahra olish uchun ajoyib imkoniyat. Buning uchun esa sayohatni oldindan rejalashtirgan ma’qul. “Gazeta.uz” Parkent tumanining qiziqarli joylari, tabiati va mazali taomlari haqida sayohat qo‘llanmasini tayyorladi.

Xorazmda 11 kishi zo‘rlagani aytilgan 15 yoshli qizning qarindoshi voqea tafsilotlarini so‘zlab berdi
6 aprel 2023, 17:08

Xorazmda 11 kishi zo‘rlagani aytilgan 15 yoshli qizning qarindoshi voqea tafsilotlarini so‘zlab berdi

Xorazmning Yangiariq tumanida 11 nafar erkak 15 yoshli qizni bir necha bor zo‘rlagani aytilmoqda. Qizning qarindoshi so‘zlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari ish bo‘yicha tergovni kechiktirgan va bolalar ombudsmani tashrifidan keyingina 3 nafar gumonlanuvchini hibsga olgan. “Gazeta.uz” vaziyatni o‘rgandi.

BP Xorazmda voyaga yetmagan qiz zo‘rlangani bo‘yicha 11 kishini tergov qilmoqda
6 aprel 2023, 17:04

BP Xorazmda voyaga yetmagan qiz zo‘rlangani bo‘yicha 11 kishini tergov qilmoqda

2022-yilda bir necha erkak tomonidan zo‘rlangan 15 yoshli qiz voqeasida 3 nafar shaxs ayblanmoqda, yana 8 kishi gumonlanuvchi sifatida jalb etildi. Holatga aloqador shaxslar batafsil so‘roq qilinmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.

Qashqadaryoda ayiq IIB rahbari buyrug‘i bilan otib o‘ldirildi
6 aprel 2023, 16:25

Qashqadaryoda ayiq IIB rahbari buyrug‘i bilan otib o‘ldirildi

Chiroqchi tumanidagi qishloqlardan biriga kelib qolgan qo‘ng‘ir ayiq harakatsizlantirilib, tabiatga qaytarilishi rejalashtirilgandi. Biroq tuman IIB boshlig‘i buyrug‘i bilan jonivor “aholi xavfsizligi uchun” otib o‘ldirildi. Voqeaga sababchi mas’ullarga intizomiy jazo choralari ko‘rilishi belgilandi.

O‘zbekistonning barcha shaharlarida tezlikni 60 km/soatgacha pasaytirish belgilandi
6 aprel 2023, 15:05

O‘zbekistonning barcha shaharlarida tezlikni 60 km/soatgacha pasaytirish belgilandi

O‘zbekistonning yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi, unga ko‘ra, mamlakatning barcha shaharlarida harakat tezligi soatiga 60 km/soatdan oshmasligi kerak. Ilgari bu ko‘rsatkich 70 km/soat edi.

Qamchiq dovonida YTH sabab kelib chiqqan yong‘in oqibatida haydovchi vafot etdi
6 aprel 2023, 14:54

Qamchiq dovonida YTH sabab kelib chiqqan yong‘in oqibatida haydovchi vafot etdi

6-aprel kuni Qamchiq dovonida yuk mashinasi va 3 ta yengil avtomobil to‘qnashib, 6 kishi jarohatlangandi. FVV haydovchilardan biri vafot etganini ma’lum qildi.

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlaganlar ishi qayta ko‘riladi
6 aprel 2023, 14:06

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlaganlar ishi qayta ko‘riladi

Xorazmdagi mehribonlik uyi qizlarini 10 oy davomida zo‘rlaganlikda ayblanib, 1,5 yil muddatga ozodligi cheklangan ikki shaxsning ishi qayta ko‘riladi. Oliy sud Xorazm prokuraturasi protestini qanoatlantirdi va ishni apellyatsiya instansiyasida yangitdan ko‘rishga yubordi.

Qamchiq dovonida to‘rtta avtomashina to‘qnashishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi
6 aprel 2023, 13:23

Qamchiq dovonida to‘rtta avtomashina to‘qnashishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil to‘qnashdi. Oqibatda yuk mashinasi yonib ketdi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 kishi jarohatlandi.

Senat zo‘ravonlikka oid qonunni ma’qulladi. Endi jinoyatchilarga insonparvarlik akti qo‘llanilmaydi
6 aprel 2023, 13:19

Senat zo‘ravonlikka oid qonunni ma’qulladi. Endi jinoyatchilarga insonparvarlik akti qo‘llanilmaydi

Senatorlar xotin-qizlar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunni ma’qulladi. Endi jinsiy zo‘ravonlikda ayblanganlar muddatidan ilgari ozodlikka chiqmaydi va ularning ro‘yxati tuziladi. Zo‘ravonlikka uchraganlarning yosh chegarasi bekor qilinadi. Jinoyatchining muayyan joylarga borishi ta’qiqlanadi.

Xorazmda 17 yoshli qiz bir necha erkak tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
6 aprel 2023, 12:37

Xorazmda 17 yoshli qiz bir necha erkak tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda

Yangiariq tumanida 2006-yilda tug‘ilgan qiz 2022-yilda bir necha erkak tomonidan zo‘rlangan bo‘lishi mumkin. Bolalar ombudsmani holatni o‘rgandi. Hozircha ish bo‘yicha gumonlangan 3 kishi hibsga olingan.

Endi fuqarolarga ma’muriy va fuqarolik ishlarida ham davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi
6 aprel 2023, 11:41

Endi fuqarolarga ma’muriy va fuqarolik ishlarida ham davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi

Senat ma’muriy va fuqarolik ishlarida ham davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishini ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Bungacha davlat hisobidan yuridik yordam faqat jinoyat ishlarini yuritishda ko‘rsatilib kelinardi.

Sirdaryoda 530 bosh baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi
6 aprel 2023, 11:23

Sirdaryoda 530 bosh baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi

Sardoba suv omborida fuqarolar 3 kun davomida 530 bosh baliqni noqonuniy ovlagani aniqlandi. Buning oqibatida hayvonot dunyosiga 280 mln so‘m zarar yetgan.

Yer kuni munosabati bilan Toshkent viloyatida poyga bo‘lib o‘tadi
6 aprel 2023, 11:16

Yer kuni munosabati bilan Toshkent viloyatida poyga bo‘lib o‘tadi

22-aprel — Yer kunida Toshkent viloyatida maxsus poyga o‘tkaziladi. Tashkilotchilar o‘zbekistonliklarni shaxsiy avtomobillardan ko‘ra ko‘proq jamoat transportidan foydalanish va piyoda yurishga chorlamoqda.

Farhod Mannopovni operatsiya qilgan shifokorda malakaviy toifa bo‘lmagan — SSV
6 aprel 2023, 10:20

Farhod Mannopovni operatsiya qilgan shifokorda malakaviy toifa bo‘lmagan — SSV

SSV vayner Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan Star Med Center klinikasida o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini e’lon qildi. Xususan, bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatishda qator litsenziya talab va shartlari buzilgani, uni operatsiya qilgan shifokorda malakaviy toifa bo‘lmagani aniqlandi.

DXX O‘zbekiston orqali olib o‘tilishi rejalashtirilgan 40 kg narkotik moddani aniqladi
6 aprel 2023, 10:19

DXX O‘zbekiston orqali olib o‘tilishi rejalashtirilgan 40 kg narkotik moddani aniqladi

DXX poytaxtda 40 kilogrammga yaqin giyohvand moddani O‘zbekiston orqali boshqa davlatga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik va bir nafardan Tojikiston va Qozog‘iston fuqarolarini ushladi. Tergov harakatlari ketmoqda.

Navoiyda o‘qituvchilarni Open budget`ga ovoz to‘plashga majburlagan maktab direktori jazolandi
6 aprel 2023, 10:01

Navoiyda o‘qituvchilarni Open budget`ga ovoz to‘plashga majburlagan maktab direktori jazolandi

Navbahor tumanidagi 9-maktab direktori o‘qituvchilarni Open budget`ga 100 tadan ovoz yig‘ishga majburlagani aytilgan ovozli xabar tarqaldi. Unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanib, xatti-harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari bor-yo‘qligi o‘rganilmoqda.

Uzbekistan’s Club platformasi ishga tushirildi
5 aprel 2023, 23:44

Uzbekistan’s Club platformasi ishga tushirildi

Xorijda turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan hamda yoshlar uchun o‘rnak bo‘luvchi vatandoshlarni birlashtirishga qaratilgan Uzbekistan’s Club onlayn platformasi ishga tushirildi.

Yotoqxonadagi yashirin kamera ortidan Qo‘qondagi OTM prorektori va uch mas’ul xodim ishdan bo‘shatildi
5 aprel 2023, 23:07

Yotoqxonadagi yashirin kamera ortidan Qo‘qondagi OTM prorektori va uch mas’ul xodim ishdan bo‘shatildi

Qo‘qon pedagogika institutining qizlar yotoqxonasiga o‘rnatilgan yashirin kamera ortidan prorektor va uch mas’ul xodim ishdan bo‘shatildi, deya ma’lum qildi Oliy ta’lim vazirligi. Avvalroq OTM rektori xonaga talabalarning psixologik muamolari bilan ishlash maqsadida kamera o‘rnatilganini qayd etgandi.

5-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
5 aprel 2023, 22:14

5-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Konstitutsiya bo‘yicha referendum byulleteni, Qashqadaryodagi qishloqda yurgan ayiq, 2025-yilgacha bojxona bojidan ozod etilgan yog‘och va oyna importi, maydan daromadi yetarli bo‘lmagan aholiga ham ipoteka kreditlari berilishi, asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagan erkak va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting