Xorazm viloyati mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini 10 oy davomida zo‘rlab kelgan shaxslarning sudga taqdim etgan va ajrim chiqarilgan apellyatsiya instansiyasi qayta ko‘rib chiqiladi, deya xabar qilmoqda Oliy sud matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 6-aprel kuni Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2022-yil 27-dekabrdagi ajrimining A.M. va A.Q.ga oid qismini bekor qilib, ishni yangitdan apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun yuborish to‘g‘risidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2023-yil 6-apreldagi ajrimi bilan Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti qanoatlantirilib, ushbu jinoyat ishini yangitdan appellyatsiya instansiya sudida ko‘rish uchun yuborilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, holat bo‘yicha mehribonlik uyi rahbari 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgani hamda 1 yilga davlat ishtirokidagi korxona, tashkilot, muassasalarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilingan. Ikki sobiq amaldor esa 1,5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini olgan.