Qo‘qon pedagogika institutining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Oybek Bozorov hamda yana uch nafar mas’ul xodim ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati 5-aprel kuni xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ular yotoqxonadagi qizlarning xonasiga yashirin kamera o‘rnatilish “jarayonida bevosita ishtirok etib, xizmat vazifasini suiiste’mol qilgan”.

“Vazirlik inson shaxsiy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashish, shaxsiy ma’lumotlarni ochiqlashga urinish kabi xatti-harakatlarni qattiq qoralaydi, ushbu holatni talaba-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish deb baholaydi. Hech kim inson erki va shaxsiy hayotiga daxl qilishga haqi yo‘q”, — deb hisoblaydi".

Vazirlik xabariga ko‘ra, yana bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Shu o‘rinda, voqea ishtirokchisi bo‘lgan qizlarning tazyiqsiz ta’lim olishlari kafolatlanadi, deya qo‘shimcha qilingan ma’lumotda.

Bundan tashqari, ayni vaqtda huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Chorshanba kuni prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashuv o‘tkazganini ma’lum qilgandi.

ётоқхона, yashirin kamera, qizlar, қўқон pedagogika institutи

“Ta’lim sohasidagi masalalarni, jumladan, Qo‘qon pedagogika institutida sodir bo‘lgan voqea hamda talaba qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish choralarini muhokama qildik”, — deb yozgandi u.

Saida Mirziyoyevaning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim tizimi har qanday zo‘ravonlikka qarshi kurashni boshlashimiz kerak bo‘lgan asosiy platformalardan biridir.

Avvalroq xonasiga yashirin kamera o‘rnatilganini bilib qolgan qizlar ichki ishlar organlariga shikoyat qilgani haqida yozgandik. Buni eshitgan prorektor ularga IIBga murojaat qilgani uchun tanbeh bergan, rektor esa “institut mulkiga” zarar yetkazganini tanqid qilgan.