Xorazmning Yangiariq tumanida 17 yoshli qizning zo‘rlangani holati bo‘yicha 8 nafar shaxs gumonlanuvchi, 3 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilingan, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Keltirilishicha, IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi bu holat bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha tergov o‘tkazyapti.

“Shuningdek, jinoyat ishi doirasida bir qator murakkab ekspertizalar o‘tkazish jarayoni ketmoqda va holatga aloqador shaxslar batafsil so‘roq qilinmoqda. Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi”, — deyiladi xabarda.

Tergov jarayoni Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.