30-mart-1-aprel kunlari Tabiat resurslari vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya organlari navbatdagi nazorat reyd tadbirlarini o‘tkazdi.

Xususan, 30-mart kuni soat 23:00 dan 31-mart kuni soat 03:00 ga qadar Sardoba tumanidagi Sardoba suv omborida 2 nafar fuqaro taqiqlangan qurollar yordamida 3 turdagi 242 dona baliqni ovlagan.

Ulardan 1 dona rezina qayiq, 1 dona akkumulyator, 1 dona elektr qarmoq hamda 1 juft eshkak daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yilgan. Fuqarolarga nisbatan hayvonot dunyosiga yetkazilgan 196 million 380 ming so‘m zarar miqdori belgilangan.

noqonuniy baliq овлаш, сардоба suv омбори, табиат resurslari vazirligi

1-aprel kuni o‘tkazilgan reyd davomida esa soat 7:30 dan 10:30 ga qadar suv omborida 4 nafar fuqaro taqiqlangan baliq tutish qurollari yordamida jami 6 turdagi 288 dona baliqni noqonuniy ovlagan. Ulardan 2 dona alyuminiy qayiq, 2 dona benzinli dvigatel va 500 metr leskali to‘rlar daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yilgan. Hayvonot dunyosiga yetkazilgan 83 million 670 ming so‘m zarar miqdori belgilangan.

Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish maqsadida prokuratura organiga taqdim etish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan.