Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahrida qariyb 40 kg giyohvand moddani boshqa davlatga olib ketmoqchi bo‘lgan 2 nafar o‘zbekistonlik va 1 nafardan Tojikiston va Qozog‘iston fuqarolarini ko‘lga olgani haqida xabar berdi.

Tezkor tadbir davomida ulardan 12 kg 800 gr “opiy” va 27 kg 50 gr “gashish” narkotik moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Mazkur shaxslar DXX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan qochishga uringan.

дхх

Aniqlanishicha, kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kelingan giyohvandlik vositalari boshqa davlatga olib chiqib ketilishi kerak bo‘lgan.

Holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari ketmoqda.