Jamiyat

Qashqadaryoda pastlikka tushib ketgan Nexia-2 yo‘lovchisi vafot etdi
9 aprel 2023, 13:16

Qashqadaryoda pastlikka tushib ketgan Nexia-2 yo‘lovchisi vafot etdi

Qarshi tumanida Nexia-2 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida pastlikka tushib ketdi. Og‘ir tan jarohatlari olgan mashina yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi.

Buxoroda yerto‘lada yashirin faoliyat ko‘rsatayotgan mayning fermasi aniqlandi
9 aprel 2023, 12:27

Buxoroda yerto‘lada yashirin faoliyat ko‘rsatayotgan mayning fermasi aniqlandi

Buxorolik fuqaro o‘z uyining yerto‘lasida yashirin mayning fermasini ochgani aniqlandi. U yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, davlatga 93 mln so‘mlik zarar yetkazgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Activist blogeri ixtilof va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarni tarqatgan — Diniy qo‘mita xulosasidan
9 aprel 2023, 12:11

Activist blogeri ixtilof va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarni tarqatgan — Diniy qo‘mita xulosasidan

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Activist blogerining aholi o‘rtasida ixtilof va tushunmovchiliklar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarni tarqatgan, degan xulosa bergani ma’lum qilindi. Fatvo markazi bloger keltirgan karmin moddasi mavjud mahsulotlarni iste’mol qilish joizligini bildirdi.

Zilzila haqida afsona va haqiqat: seysmologlar javob beradi
9 aprel 2023, 11:01

Zilzila haqida afsona va haqiqat: seysmologlar javob beradi

“Kechasi yo bahorda bo‘ladi”, “yer yorilib, shaharni yutadi”, “kuchsiz zilzila — kuchlisidan darak”. Oxirgi zilzilalar sabab bu tabiat hodisasi haqidagi eski afsonalar yangi kuch bilan muhokama qilina boshladi. “Gazeta.uz” seysmolog olimlardan bu afsonalarning qay biri haqiqatu, qaysinisi uydirmaligini so‘radi.

“Madaniyat va ma’rifat” telekanali “Karvon”ga aylantirilmoqda. Jamoatchilik norozi
9 aprel 2023, 10:46

“Madaniyat va ma’rifat” telekanali “Karvon”ga aylantirilmoqda. Jamoatchilik norozi

MTRKning “Madaniyat va ma’rifat” telekanalini “Karvon” nomi bilan Madaniyat va turizm vazirligiga o‘tkazish haqidagi prezident qarori loyihasi jamoatchilik tanqidiga uchradi. Faollar: “Adabiyotdan qo‘rqishyaptimi?”, deb savol qo‘ymoqda. Vazir Ozodbek Nazarbekov muhokama va hamkorlikka ochiq ekanini bildirdi.

Toshkent hokimi v.b. bekatlarni tartibga solishga va’da berdi
8 aprel 2023, 21:55

Toshkent hokimi v.b. bekatlarni tartibga solishga va’da berdi

Toshkent shahri hokimligi rahbari Shavkat Umurzoqov va IIV o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev poytaxtga keltirilgan yangi avtobuslardan birida harakatlandi. Hokim v.b. tez orada bekatlar tartibga keltirilishi, ularning oldida suv to‘planib qolmasligini bildirdi. “Salgina sabr qiling”, — dedi u.

Toshkentga 233 ta avtobus va elektrobus olib kelindi. Foto
8 aprel 2023, 21:23

Toshkentga 233 ta avtobus va elektrobus olib kelindi. Foto

Toshkentga Xitoyda ishlab chiqarilgan 233 ta avtobus va elektrobus keltirildi. Shundan 203 tasi Yutong elektrobus va avtobuslari, 30 tasi esa o‘ta katta sig‘imli (18 metrli) King Long avtobuslaridir.

Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamaldi
8 aprel 2023, 20:46

Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamaldi

Tarkibida karmin moddasi mavjudligi sababli ayrim yogurtlar harom ekanini aytib chiqqan Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamaldi. U “diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallar tarqatish” va “ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”da ayblangan.

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi
8 aprel 2023, 19:53

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov uzoq davom etgan qand kasalligidan so‘ng 74 yoshida vafot etdi.

Akademik Habibulla Akbarov vafot etdi
8 aprel 2023, 17:58

Akademik Habibulla Akbarov vafot etdi

Fanlar akademiyasi akademigi Habibulla Akbarov 87 yoshida vafot etdi. U fan arbobi, geologiya sohasida yirik olim hisoblanadi.

Buxoroda fuqaro tomorqasiga zarar yetkazgan eshakning quloqlarini kesib tashladi
8 aprel 2023, 13:52 1

Buxoroda fuqaro tomorqasiga zarar yetkazgan eshakning quloqlarini kesib tashladi

Peshku tumanida fuqaro qo‘shnisining eshagi tomorqaga zarar yetkazgani uchun uning quloqlarini kesib tashladi. Jonivor ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida nobud bo‘ldi. Fuqaro 3 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Toshkentda ayol va uning 8 oylik o‘g‘li vafot etdi
8 aprel 2023, 12:44

Toshkentda ayol va uning 8 oylik o‘g‘li vafot etdi

Mirobod tumanidagi uylarning birida 25 yoshli ayol va uning 8 oylik o‘g‘li vafot etdi. Ularning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Yanvar-mart oylarida “Tez yordam”ga 3 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi
8 aprel 2023, 12:29

Yanvar-mart oylarida “Tez yordam”ga 3 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi

O‘zbekistonda so‘nggi 3 oyda “Tez yordam” xizmatiga 3 mln 90 mingta chaqiriq kelib tushdi. Ularning eng ko‘pi Farg‘ona, Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi.

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
8 aprel 2023, 12:15

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Shayxontohur tumanida Lacetti, Captiva va 2 ta Nexia avtomashinalari to‘qnashdi. Bir yo‘lovchi jarohat oldi.

“Monedan Kandinskiygacha”. Toshkentda modernist rassomlarning multimedia ko‘rgazmasi davom etmoqda
8 aprel 2023, 11:01

“Monedan Kandinskiygacha”. Toshkentda modernist rassomlarning multimedia ko‘rgazmasi davom etmoqda

“O‘zekspomarkaz”da “Monedan Kandinskiygacha. San’atdagi inqilob” multimedia ko‘rgazmasi davom o‘tmoqda. Jahon san’ati durdonalarining animatsiyali ekspozitsiyasi tashrif buyuruvchilarni XIX asr oxiri va XX asr boshidagi badiiy oqimlar va ularning asosiy vakillari bilan tanishtiradi.

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim hududlarda 2 kun suv bo‘lmaydi
8 aprel 2023, 10:55

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim hududlarda 2 kun suv bo‘lmaydi

Yakkasaroy, Sergeli, Yangihayot va Mirobod tumanlaridagi ayrim joylar 10-apreldan 12-aprelgacha ichimlik suv tarmog‘idan uziladi.

Samarqandda soliq boshqarmasi bosh inspektori 15 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi
8 aprel 2023, 10:34

Samarqandda soliq boshqarmasi bosh inspektori 15 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi

Samarqandda soliq boshqarmasi soliq nazorati bo‘limi bosh inspektori fuqaroning qarzdorligini kamaytirib berish evaziga undan 15 ming dollar olgani aytilmoqda. Namanganda esa advokat sud ishini ijobiy hal qilib berish uchun fuqarodan 7 ming dollar olgani gumon qilinmoqda.

Nima tayyorlaymiz: Iftorlik uchun taomlar
8 aprel 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Iftorlik uchun taomlar

Karam barglaridan golupsi, qovurma lag‘mon, frikadelkali turkcha sho‘rva, klassik lazanya, mampar va boshqalar — Zira.uz iftorlik uchun tayyorlash mumkin bo‘lgan mazali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Urgutda 19 yoshli ayolning o‘z joniga qasd qilishi holati qayta tergov qilinadi
7 aprel 2023, 22:34

Urgutda 19 yoshli ayolning o‘z joniga qasd qilishi holati qayta tergov qilinadi

Samarqand viloyati prokuraturasi Urgut tumani prokuraturasining 19 yoshli kelinning fotosurati “Telegram” tarmog‘idagi behayo kanalga chiqarib yuborilgani sababli o‘zini o‘zi osib qo‘ygan bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qarorini bekor qildi.

Vayner Farhod Mannopovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi qayta malakalandi
7 aprel 2023, 22:18

Vayner Farhod Mannopovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi qayta malakalandi

Prokuratura vayner Farhod Mannopovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishini qayta malakaladi. Qalampir ma’lumotlariga ko‘ra, Mannopov operatsiya qilingan Toshkentdagi xususiy klinikada plastik jarroh, laborant va UZI-mutaxassisi malaka toifasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting