Jamiyat

Toshkent viloyatida 3 kishi kanalizatsiyada zaharlanib vafot etdi
21 iyul 2023, 18:10

Toshkent viloyatida 3 kishi kanalizatsiyada zaharlanib vafot etdi

Nurafshon shahrida 57 yoshli ishchi kanalizatsiya qudug‘iga tushib, tozalash ishlarini olib borayotganda gazdan zaharlandi. Uni qutqarish uchun tushgan yana 3 kishi ham hushidan ketgan. Oqibatda 3 kishi voqea joyida vafot etdi. 1 kishi jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan 2532 tup kavrakka zarar yetkazildi
21 iyul 2023, 16:59

Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan 2532 tup kavrakka zarar yetkazildi

Dehqonobod tumanida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 2532 tup tojik kavragining ildizi kesildi. Zarar miqdori 1,2 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etgan. Bu yaqin orada Ekologiya vazirligi tomonidan qayd etilgan uchinchi holatdir.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Rossiyaning Blagoveshchensk shahriga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21 iyul 2023, 16:23

Uzbekistan Airways Toshkentdan Rossiyaning Blagoveshchensk shahriga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

19-avgustdan Toshkent-Blagoveshchensk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Parvozlar har hafta shanba kunlari amalga oshiriladi.

Xitoy kompaniyasi Qashqadaryoda osma dor yo‘li qurishni rejalashtirmoqda
21 iyul 2023, 14:46

Xitoy kompaniyasi Qashqadaryoda osma dor yo‘li qurishni rejalashtirmoqda

Xitoyning CAMC Engineering kompaniyasi Qashqadaryo viloyatidagi loyihalarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Ular orasida Kitobda sayyohlik zonasi tashkil etish, osma dor yo‘li qurish va boshqalar bor.

Oliy sud ko‘chma radardan kelgan jarimani haydovchi foydasiga hal qildi
21 iyul 2023, 12:31

Oliy sud ko‘chma radardan kelgan jarimani haydovchi foydasiga hal qildi

Samarqand viloyatida ko‘chma radar orqali aniqlangan tezlikni oshirish bo‘yicha belgilangan jarima Oliy sud tomonidan bekor qilindi. Chunki YPX xodimi radardagi tezlik ko‘rsatkichi bilan haydovchini tanishtirmagan va uning talabi bilan moslamaning sertifikati ko‘rsatmagan.

Prezident “Toshkent-Sharqiy” aeroporti loyihasini “juda jiddiy va tanqidiy” qayta ko‘rib chiqishni buyurdi
21 iyul 2023, 11:33

Prezident “Toshkent-Sharqiy” aeroporti loyihasini “juda jiddiy va tanqidiy” qayta ko‘rib chiqishni buyurdi

Shavkat Mirziyoyev qariyb 6 yildan beri qurilishi ketayotgan “Toshkent-Sharqiy” biznes aviatsiyasi aeroportiga tashrif buyurdi. Hozir uning uchish-qo‘nish yo‘lagi va VIP-terminal binosi qurib bo‘lingan. Prezident hududda yana bir terminal qurishni va aerovokzal loyihasini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi.

Dam olish kunlari harorat biroz ko‘tariladi
21 iyul 2023, 11:19

Dam olish kunlari harorat biroz ko‘tariladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat biroz ko‘tarilib, janubda va cho‘l hududlarda +41…+43 darajagacha yetadi. Keyingi hafta esa issiq havo kirib kelishi kuchayib, harorat yana 1−2 darajaga ko‘tariladi.

Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi
21 iyul 2023, 11:16

Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi

Prezident qarori bilan Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladi yoki ijaraga beriladi.

1 mln 18 ming: 2023-yilda shuncha abituriyent o‘qishga hujjat topshirdi
21 iyul 2023, 10:39

1 mln 18 ming: 2023-yilda shuncha abituriyent o‘qishga hujjat topshirdi

2023−2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga o‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 mln 18 ming nafarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan qariyb 200 mingtaga kam. Talabgorlarning eng ko‘pi Milliy universitetni tanlagan — 36 782 nafar.

Ekstremistik materiallarni tarqatishda gumonlangan erkak Koreyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
21 iyul 2023, 09:43

Ekstremistik materiallarni tarqatishda gumonlangan erkak Koreyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Interpol qidiruviga berilgan, taqiqlangan ekstremistik materiallarni tarqatishda ayblangan erkak Koreyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Toshkent markazida yo‘l o‘tkazgich qurishmoqchi. Bu bahsli qaror
21 iyul 2023, 02:02

Toshkent markazida yo‘l o‘tkazgich qurishmoqchi. Bu bahsli qaror

O‘zbekiston prezidenti “Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurish zarurligini” qayd etdi (uning matbuot xizmati keltirgan iqtibos). Bu shaharda piyodalar ustuvorligini ta’minlash haqidagi tamoyilga zid bo‘lgan bahsli qarordir. “Gazeta.uz” loyihani ochiq muhokama qilishga chaqiradi.

20-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
20 iyul 2023, 22:00

20-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Kutilayotgan +44 daraja issiq harorat, bloger Asad Algo o‘limi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi, AQShda otishmada vafot etgan 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit, Toshkentning ayrim ko‘chalarida kechasi yo‘l chiroqlari o‘chirilishi, yo‘l obyektlarida 400 ga yaqin qoidabuzarlik va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Yil boshidan buyon daraxtlarni kesishdan ko‘rilgan zarar 3,6 mlrd so‘mni tashkil etdi
20 iyul 2023, 19:51

Yil boshidan buyon daraxtlarni kesishdan ko‘rilgan zarar 3,6 mlrd so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda yilning birinchi yarmida 2 mingdan ortiq daraxt va butalarni noqonuniy kesish holatlari aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar 3,6 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Fikr: Toshkentda pulli to‘xtash joylari qachon paydo bo‘ladi?
20 iyul 2023, 19:37

Fikr: Toshkentda pulli to‘xtash joylari qachon paydo bo‘ladi?

Toshkentda avtomobillar piyodalarni siqib chiqarmoqda: trotuar, bekatlar, yo‘l chetlariga mashina qo‘yish odatiy holga aylandi. YHXBB bunga jiddiy e’tibor qaratmayapti. 8 oy avval pulli to‘xtash joylarini joriy etish rejalashtirilgan edi, biroq rasmiylar islohotlarni kechiktirmoqda. “Gazeta.uz” munosabati.

Sirdaryoda it tishlagan 64 yoshli erkak vafot etdi
20 iyul 2023, 17:48

Sirdaryoda it tishlagan 64 yoshli erkak vafot etdi

Boyovut tumanida fevral oyida it tishlagan 64 yoshli erkak quturish kasalligiga gumonlanib, shifoxonaga yotqizildi. Biroq fuqaro muolajalarga qaramay vafot etdi. Marhum yashagan manzilda shtab tuzilib, epidemiologik surishtiruv ishlari boshlandi.

Surxondaryodagi arxeologik yodgorlikka 13 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi
20 iyul 2023, 17:27

Surxondaryodagi arxeologik yodgorlikka 13 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi

Denov tumanidagi I-XII asrlarga oid arxeologik yodgorlikka 13 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Tuman fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini berish komissiyasi obyektni fuqaroga bog‘dorchilik uchun berib yuborgan.

O‘zbekistonda chet tilidan ijodiy imtihonning yozma qismi 21-iyulda boshlanadi
20 iyul 2023, 17:21

O‘zbekistonda chet tilidan ijodiy imtihonning yozma qismi 21-iyulda boshlanadi

21−23-iyul kunlari respublikaning barcha hududlarida chet tilidan ijodiy imtihonning yozma qismi (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) bo‘lib o‘tadi. Abituriyentlar binoga imtihon boshlanishidan 1 soat avval pasport va ruxsatnoma bilan kelishi kerak.

Toshkentning ayrim ko‘chalarida tungi vaqtda yo‘l chiroqlari o‘chiriladi
20 iyul 2023, 17:05

Toshkentning ayrim ko‘chalarida tungi vaqtda yo‘l chiroqlari o‘chiriladi

Havo harorati keskin ko‘tarilishi sababli 20-iyuldan boshlab Toshkent shahrining ayrim ko‘chalari yoritish tizimida cheklov kiritiladi.

Webster universiteti kuzgi semestriga qabul tugashiga oz qoldi
20 iyul 2023, 17:00

Webster universiteti kuzgi semestriga qabul tugashiga oz qoldi

31-iyulgacha Toshkentdagi Webster universitetining kuzgi semestriga hujjatlar qabuli davom etadi. Arizalar onlayn qabul qilinib, 14 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Darslar to‘liq ingliz tilida olib boriladi.

Bloger Asad Algo o‘limi yuzasidan jinoyat ishi ochildi
20 iyul 2023, 15:53

Bloger Asad Algo o‘limi yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Bloger Asad Algo (Asadbek Arzikulov) o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘limidan 3 kun oldin u tanishi bilan janjallashib qolgan, oqibatda bloger og‘ir jarohat olgan, ammo tibbiy muassasaga murojaat qilmagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting