21-iyul kuni O‘zbekistonda chet tilidan ijodiy imtihonning yozma qismi boshlanadi. Bilimlarni baholash agentligi xabariga ko‘ra, unda imtihonning tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish bo‘limlari bo‘lib o‘tadi.

Jarayon 21−22−23-iyul kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda:

  • 1-smena — 08:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 07:00)da;
  • 2-smena — 15:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 14:00)da boshlanadi.

Abituriyentlar qachon qayerda imtihonda ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. Ishtirokchilar imtihon binosiga jarayon boshlanishidan 1 soat oldin kelishlari lozim. Ular o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma olishi kerak. Imtihonga kechikkan yoki kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.