2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda daraxt va butalarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq 2 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlandi, deya xabar qildi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligi matbuot xizmati.

O‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararning umumiy miqdori 3,6 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Mazkur holatlar bo‘yicha 7 ta jinoyat va 2055 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, 1,7 mlrd so‘mlik zarar undirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda O‘zbekistonda daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq 4599 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan bo‘lsa, 2021-yilda 8243 ta, 2020-yilda 7812 ta, 2019-yilda 3733 ta daraxt noqonuniy kesilgan.

May oyi boshida o‘zbekistonlik senatorlar daraxtlarni noqonuniy kesish uchun jazoni kuchaytirish, jarima miqdorini oshirish va 15 sutkagacha qamoqqa olishni nazarda tutuvchi tuzatishlarni ma’qullagan edi. Bundan tashqari, qimmatbaho daraxt va buta turlarini kesish, ildizi bilan sug‘orish, shikastlash yoki yo‘q qilishga olib kelgan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi.

“Gazeta.uz” avvalroq AQSh, Yevropa va Rossiyada yashil maydonlarni yo‘q qilganlik uchun jazo choralarini o‘rganib, ularni O‘zbekiston bilan solishtirgandi.