O‘zbekistonda kelasi hafta harorat +44 darajagacha ko‘tariladi

24−27-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib keladi. Hududlarda harorat +41…+44 darajagacha isiydi. Ba’zi joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Harorat “yondiryapti”. Undan qanday saqlanish bo‘yicha JSST tavsiyalari

2022-yili Yevropada 60 ming kishi anomal issiqdan vafot etdi. Ko‘rsatkich global isish paytida yana ortishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlardan bu paytda o‘zi bilan yaxna suv olib yurish, yengil va keng liboslar kiyish hamda mashinalarda bola, hayvonlarni qoldirmaslikni so‘radi. Batafsil tavsiyalar.

O‘zbekistonda yo‘l obyektlarida 400 ga yaqin qoidabuzarlik aniqlandi

Besh oy davomida “O‘zyo‘linspeksiya” O‘zbekistondagi yo‘l obyektlarida 400 ga yaqin qoidabuzarlikni aniqladi. 20 ta holatda mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, 52 ta holatda sifatsiz ish uchun to‘lovni bekor qilish to‘g‘risida talabnomalar kiritilgan.

O‘zbekiston Gruziya portlarida terminallar qurish va ijaraga olishni ko‘rib chiqmoqda

O‘zbekiston Gruziya portlarida dengiz terminallari va omborlarni qurish, shuningdek, portlarni uzoq muddatli ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Bu bo‘yicha bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining Gruziyaga tashrifi doirasida memorandum imzolandi.

Toshkent viloyatida bolalarni poyabzal bilan urgan bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi

Tarmoqlarda Yangiyo‘l tumanidagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni urishib, oyoq kiyimi bilan urayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha tergov va sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazilmoqda, xodim esa ishdan olindi.

Zarafshon ekologiya inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi hibsga olindi

Zarafshon tabiiy resurslar inspeksiyasi boshlig‘i ikki kishini ishga joylashtirish evaziga 2500 AQSh dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

AQShda 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit otishmada vafot etdi

Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan otishmada og‘ir yaralangan 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit shifoxonada vafot etdi. 17 yoshli gumonlanuvchi qidiruvga berilgan.

Toshkentda avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi

Yakkasaroy tumanida 77-sonli avtobus haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Fuqaro olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etdi.

Bloger Asad Algo o‘limi yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Bloger Asad Algo (Asadbek Arzikulov) o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘limidan 3 kun oldin u tanishi bilan janjallashib qolgan, oqibatda bloger og‘ir jarohat olgan, ammo tibbiy muassasaga murojaat qilmagan.

Sirdaryoda it tishlagan 64 yoshli erkak vafot etdi

Boyovut tumanida fevral oyida it tishlagan 64 yoshli erkak quturish kasalligiga gumonlanib, shifoxonaga yotqizildi. Biroq fuqaro muolajalarga qaramay vafot etdi. Marhum yashagan manzilda shtab tuzilib, epidemiologik surishtiruv ishlari boshlandi.

Toshkentning ayrim ko‘chalarida tungi vaqtda yo‘l chiroqlari o‘chiriladi

Havo harorati keskin ko‘tarilishi sababli 20-iyuldan boshlab Toshkent shahrining ayrim ko‘chalari yoritish tizimida cheklov kiritiladi.

O‘zbekistonda chet tilidan ijodiy imtihonning yozma qismi 21-iyulda boshlanadi

21−23-iyul kunlari respublikaning barcha hududlarida chet tilidan ijodiy imtihonning yozma qismi (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) bo‘lib o‘tadi. Abituriyentlar binoga imtihon boshlanishidan 1 soat avval pasport va ruxsatnoma bilan kelishi kerak.

Surxondaryodagi arxeologik yodgorlikka 13 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi

Denov tumanidagi I-XII asrlarga oid arxeologik yodgorlikka 13 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Tuman fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini berish komissiyasi obyektni fuqaroga bog‘dorchilik uchun berib yuborgan.