Ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatgani uchun Interpol qidiruviga berilgan shaxs Koreyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi, deb xabar bermoqda tashkilotning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi.

Ta’kidlanishicha, qidiruvdagi shaxs chet el davlatining telefon raqamidan foydalanib, yangi profil yaratgan, turli ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekistonda taqiqlangan diniy-ekstremistik tashkilotlar, g‘oyalar va audiomateriallarni tarqatgan.

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi xodimlari hamda Interpolning Toshkent va Seuldagi MMBlari hamkorligida amalga oshirilgan harakatlar natijasida u O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun chiqarib yuborilgan.