O‘zbekiston hududida havo harorati keskin ko‘tarilishi sababli 2023-yil 20-iyul sanasidan boshlab Toshkent shahrining ayrim markaziy ko‘chalari tungi ko‘cha yoritish tizimida cheklov joriy qilinadi. Bu haqda “Toshshaharnur” DUK xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 16-noyabrdan to 13-dekabrgacha ham Toshkentda elektr energiyasini tejash maqsadida tungi vaqtlarda ko‘chani yoritish cheklangandi.