19-avgustdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent-Blagoveshchensk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar har hafta shanba kunlari amalga oshiriladi:

  • Toshkent-Blagoveshchensk. Chipta narxi 4 283 500 so‘mdan boshlanadi.
  • Toshkent-Blagoveshchensk-Toshkent. Chipta narxi 7 225 300 so‘mdan boshlanadi

Aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filialida, shuningdek, aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.