Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirida ekologlar o‘rmon xo‘jaligi hududida 2532 tup tojik kavragiga zarar yetkazilganini aniqladi. O‘simlik O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, tadbirkorlik subyekti “Torqopchig‘oy” massivi o‘rmon xo‘jaligidagi o‘simliklarning ildiz qismlarini kavlab, kesgan.

Oqibatda o‘simlik dunyosiga jami 1 mlrd 253 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Bundan tashqari, 17-iyul kuni Ekologiya vazirligi matbuot xizmati Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi “Uzun Oq Machit Agro” korxonasiga biriktirilgan tog‘li va tog‘oldi hududlarda 2421 tupdan ortiq kavrak tuplari shikastlangani haqida xabar bergan. Yana 81 tasi esa shirasini olish maqsadida kesilgan.

Holat oqibatida o‘simlik dunyosiga 40 mln 95 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

16-iyul kuni esa Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi Sebatli" massivi hududidagi 753 tup kavrakka zarar yetkazilgan. Zarar 372,7 million so‘mga baholangan.

Barcha holatlar bo‘yicha prokuraturaga taqdim etish uchun tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda.