2023−2024 o‘quv yili uchun qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 million 18 ming 7 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Ta’lim tili bo‘yicha:

  • o‘zbek tili — 890 304 nafar;
  • rus tili — 95 456 nafar;
  • qoraqalpoq tili — 29 917 nafar;
  • boshqa tillar — 2 330 nafar.

Ta’lim shakllari bo‘yicha (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • kunduzgi ta’lim shakli — 577 096 nafar;
  • kechki ta’lim shakli — 24 802 nafar;
  • sirtqi ta’lim shakli — 407 945 nafar;
  • masofaviy ta’lim shakli — 8 164 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • O‘zbekiston milliy universiteti — 36 782 nafar;
  • Toshkent davlat transport universiteti — 30 421 nafar;
  • Farg‘ona davlat universiteti — 29 941 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 827 nafar;
  • Qarshi davlat universiteti — 28 417 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

  • Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
  • Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
  • Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.

qabul-2023, abituriyent

Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 200 ming nafarga kam, 2022-yilda abituriyentlar soni 1 mln 214 ming bo‘lgan. 2021-yilda qariyb 950 ming, 2020-yilda deyarli 1,5 mln, 2019-yilda esa 1 mln 66 mingdan ko‘p talabgorlar o‘qishga hujjat topshirgan.