O‘zgidromet xizmati agentligi dam olish kunlari — 21−23-iyul sanalarida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Juma kuni O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi, harorat +35…+38 daraja, janubda +40…+42 daraja bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida havo quyoshli bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati biroz ko‘tariladi. Kunduz kunlari harorat 37…+40 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +41…+43 darajagacha bo‘ladi.

Keyingi hafta davomida O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi va havo harorati yana 1−2 darajaga ko‘tariladi.

Poytaxtda 21−23-iyul kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun +36…+38 daraja, shanba va yakshanba kunlari +38…+40 daraja bo‘ladi.