Jamiyat

2-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
2 avgust 2023, 22:00

2-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Samarqandda suv omborida cho‘kib ketgan 4 nafar yigit, mamlakatdagi uy-joy narxlari, yana qimmatlagan Ai-92 benzini narxi, Buxoroda o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pora, Toshkentdagi maktabda chiqqan yong‘in, odamlarning o‘rtacha maoshi tahlili va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Angrenda olti kunlik ish haftasiga qarshi bo‘lgan fabrika xodimlari yo‘lni to‘sdi
2 avgust 2023, 19:58

Angrenda olti kunlik ish haftasiga qarshi bo‘lgan fabrika xodimlari yo‘lni to‘sdi

Angrenda olti kunlik ish haftasiga qarshi bo‘lgan tekstil fabrikasi xodimlari yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Mahalliy hokimiyat organlarining aralashuvidan keyin vaziyat xodimlar foydasiga hal qilindi.

Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon harbiylari qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi
2 avgust 2023, 17:15

Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon harbiylari qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi

Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon harbiylari qo‘shma UZAZ-2023 kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

Termiz hamda Urganch davlat pedagogika institutlariga rektorlar tayinlandi
2 avgust 2023, 16:34

Termiz hamda Urganch davlat pedagogika institutlariga rektorlar tayinlandi

Hukumat qarori bilan Termiz davlat pedagogika institutiga Azizbek Xasanov rektor bo‘ldi. Urganch davlat pedagogika institutini esa Feruza Madraximova boshqaradi.

Samarqandda 4 nafar yigit suv omborida cho‘kib ketdi
2 avgust 2023, 14:59

Samarqandda 4 nafar yigit suv omborida cho‘kib ketdi

Shanba kuni Kattaqo‘rg‘on suv omborida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 7 nafar yigitdan 4 nafari cho‘kib ketdi. Hozirgacha bir yigitning murdasi topilgan, qolganlari qidirilmoqda. Holatga yigitlarning fotosuratga tushish maqsadida tartibsiz harakatlar qilgani sabab bo‘lgan.

Toshkent shahridagi 50-maktabda yong‘in sodir bo‘ldi
2 avgust 2023, 13:35

Toshkent shahridagi 50-maktabda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahri markazidagi 50-maktabda yong‘in sodir bo‘ldi. Uning maydoni 10 kvadrat metrni tashkil etdi. Qurbonlar yo‘q, deb xabar berdi FVV.

Otorinolaringologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi
2 avgust 2023, 10:43

Otorinolaringologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi

1-sentabrdan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil qilinadi. 2024/2025 o‘quv yilidan markazda otorinolaringologiya ixtisosligi bo‘yicha kadrlarni klinik ordinatura orqali tayyorlash tashkil qilinadi.

Farg‘onada erkak telefoniga javob bermagan Yandex haydovchisining mashinasini shikastladi
2 avgust 2023, 10:23

Farg‘onada erkak telefoniga javob bermagan Yandex haydovchisining mashinasini shikastladi

Farg‘ona shahrida erkak telefoniga javob bermagan Yandex haydovchisi mashinasining oynalarini tosh bilan sindirdi. 22 yoshli haydovchi buyurtmachining manziliga kelganida telefoni o‘chib qolgan va u bilan bog‘lanolmagan. Mashinaga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha ekspertiza tayinlandi.

Tashlandiq joyda qanday qilib yashil bog‘ barpo etish mumkin? Reportaj
2 avgust 2023, 10:22

Tashlandiq joyda qanday qilib yashil bog‘ barpo etish mumkin? Reportaj

Yashnobod tumani Alimkent ko‘chasidagi sobiq tramvay yo‘llari o‘rni ko‘plab yillar mobaynida tashlandiq holatga kelib qoldi. Hozir esa bu yerda — daraxtlar, butalar va uzumlar ekilgan. Biz unga kim g‘amxo‘rlik qilayotgani va odamlar toshga aylangan shahardagi yangi oazis haqida qanday fikrdaligini o‘rgandik.

1-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
1 avgust 2023, 22:00

1-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

1-avgustdan kuchga kiradigan o‘zgarishlar, test sinovlaridan chiqqan abituriyentlar, pora bilan ushlangan san’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i, bloger Abduqodir Mo‘minovning sud ishi tafsilotlari, iyul oyida 9 foizdan pastga tushgan yillik inflyatsiya va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov 77 yoshida vafot etdi
1 avgust 2023, 20:13

O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov 77 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov 77 yoshida vafot etdi. “Olamni asrang”, “Ra'no”, “Soy ko‘rdim”, “Ajab sirlar” singari yuzlab qo‘shiqlar ijrochisi bo‘lgan san’atkor 1987-yilda “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni, 2020-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Qonunchilik palatasi tomonidan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qabul qilindi
1 avgust 2023, 17:57

Qonunchilik palatasi tomonidan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qabul qilindi

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilindi. May oyida ushbu qonun loyihasi “yana ham takomillashtirish kerakligi” sabab faqatgina konseptual tartibda qabul qilingandi.

Qashqadaryoda shifoxonadagi 17 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi
1 avgust 2023, 16:17

Qashqadaryoda shifoxonadagi 17 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

Qashqadaryoda xususiy korxona viloyat bolalar shifoxonasi maydonidagi 17 tup manzarali daraxtni noqonuniy kesib tashlagani aniqlandi. Holat huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘rganilmoqda.

San’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i $4800 olayotganda ushlandi
1 avgust 2023, 15:57

San’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i $4800 olayotganda ushlandi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 5000 dollar talab qilgan oliygoh bo‘lim boshlig‘i aniqlandi. U mablag‘dan 4800 dollarini olayotganda ushlandi.

Samarqanddagi mehmonxonalarning birida 30 yoshli ayolning jasadi topildi
1 avgust 2023, 15:33

Samarqanddagi mehmonxonalarning birida 30 yoshli ayolning jasadi topildi

Samarqand shahridagi mehmonxonalarning birida 30 yoshli ayolning jasadi bo‘yin sohasidan bo‘g‘ilgan holatda topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Video, foto: OTMlarga kirish test sinovlari
1 avgust 2023, 13:47

Video, foto: OTMlarga kirish test sinovlari

1-avgust erta tongdan talabalar qatoridan joy olishga oshiqqan abituriyentlar OTMlarga kirish uchun test sinovlaridan o‘tishni boshladi. “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxtdagi imtihon olinayotgan ikkita hududdan fotoreportaj tayyorladi. Video, foto.

2030-yilga borib jiddiy YTHlar sonini 50 foizga kamaytirish reja qilinmoqda
1 avgust 2023, 13:42

2030-yilga borib jiddiy YTHlar sonini 50 foizga kamaytirish reja qilinmoqda

2030-yilgacha jiddiy YTHlar sonini kamida 50 foizga kamaytirish, kengligi 2 va undan ortiq polosali piyodalar o‘tish joylarini svetofor bilan jihozlash rejalashtirilmoqda. YHXXning yilning birinchi yarmida raqamlarni kamaytirish bo‘yicha rejalariga qaramay, YTHlar va og‘ir oqibatlar ko‘paydi.

Prokuror Abduqodir Mo‘minovga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishini so‘radi
1 avgust 2023, 12:50

Prokuror Abduqodir Mo‘minovga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishini so‘radi

Abduqodir Mo‘minov ishi yuzasidan prokuror sudyadan sudlanuvchiga nisbatan uzil-kesil 11 yil ozodlikdan mahrum etish, 3 yil davomida jurnalistik faoliyatni cheklash va BHMning 400 barobari miqdorida jarima jazosini tayinlashni so‘radi.

1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?
1 avgust 2023, 11:40

1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Stajga ega bo‘lmaganlar uchun nafaqa miqdori 33 ming so‘mga oshadi, ota-onalarning farzandi ta’limi uchun to‘lagan puli daromad solig‘idan ozod qilinadi, rahbarlar raqamli texnologiyalar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qiydi, isitish tizimlarini modernizatsiya qilish boshlanadi — 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Kattaqo‘rg‘on tumani Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari 5 mln so‘m pora olishda gumonlanib, ushlandi
1 avgust 2023, 10:29

Kattaqo‘rg‘on tumani Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari 5 mln so‘m pora olishda gumonlanib, ushlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari tarmoqdan uzilgan fuqaroni unga qayta ulab berish evaziga 5 mln so‘m talab qilib, pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting