Daraxtlarni noqonuniy kesishlar, quyoshda kuyib ketgan ko‘chatlar, noto‘g‘ri sug‘orish va betonlash zamonaviy Toshkent uchun odatiy holga aylanib bormoqda. Yaqinda ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilishi kerak bo‘lgan 2 mlndan ortiq ko‘chat ekildi deb hisobotga qo‘shib yozilganini ma’lum qilgandi.

Biroq, shunga qaramasdan ijobiy misollar ham yo‘q emas. Ulardan biri — Toshkentning Yashnobod tumani Alimkent ko‘chasidagi bir yarim kilometrlik maydondir. Bu yerda bir necha yillar mobaynida tramvay yo‘li o‘rnida, temir yo‘l yoqasida tashlandiq joy va ahlatxona bor edi.

Bu joyda tramvay yo‘lini eslatib turuvchi biror narsa qolmagan (xotira uchun relslar fragmentlarini muhrlab qo‘ysa bo‘lar edi). Biroq, ko‘cha bo‘ylab odamlarni o‘ziga jalb qiluvchi jamoat joyi paydo bo‘la boshladi.

derevya, ozeleneniye, yashil makon, yashnabadskiy rayon

Alimkent ko‘chasi, 2019-yil avgust. Google Earth`dan olingan surat.

Tuman hokimligi ushbu maydonni ko‘kalamzorlashtirish uchun turli davlat tashkilotlarini jalb qildi. Hattoki bu yerda uchta blokdan iborat park ham paydo bo‘ldi. Ularning har birini alohida davlat idoralari tashkil qilgandi.

Bloklardan biri — “Yashil bog‘"ni — O‘zbekiston Energetika vazirligi va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ barpo etdi. “Yashil bog‘” 3 gektar maydonda joylashgan. Uning hududi “Do‘stlik” metro bekatidan boshlanib, “Uch avlod” bog‘i bilan tugaydi.

derevya, ozeleneniye, yashil makon, yashnabadskiy rayon

“Gazeta.uz” boshqa bloklarning qamrovi qanchaligi va ularni ko‘kalamzorlashtirishga qaysi tashkilotlar jalb qilinganini aniqlay olmadi. Lekin “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot kotibi Muhammadjon Bekmuhammedov bilan uchrashib, “Yashil bog‘” qanday barpo etilganini bilib oldik.

“Yashnobod tuman hokimligi Energetika vazirligiga bog‘ni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Vazirlik taklifni ko‘rib chiqdi, jamiyat esa uni qo‘llab-quvvatladi. Vazirlik rahbariyati maydonni o‘rganishdi va bog‘ qurilishini tasdiqladi”, — deya so‘zlab berdi kompaniya matbuot kotibi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jamiyat bog‘ loyihasini ishlab chiqqan, ko‘kalamzorlashtirish uchun esa xususiy kompaniya jalb qilingan. Ko‘chatlarni o‘tkazish qishda amalga oshirilgan, shuning uchun ham tanlov Hind sireni, tut, pavloniya, qarag‘ay va boshqa shu kabi sovuqqa chidamli daraxtlarda to‘xtagan. “Yashil bog‘"da jami 1700 tup ko‘chat va 39 ming buta (rozmarin, xrizantema, alt va boshqalar) ekilgan. O‘simliklarni sug‘orish uchun esa jamiyat tomonidan nasos stansiyasi qurilgan.

derevya, ozeleneniye, yashil makon, yashnabadskiy rayon

derevya, ozeleneniye, yashil makon, yashnabadskiy rayon

Shu yerda yashovchi Diananing so‘zlariga ko‘ra, ilgari bu joylar tashlandiq holda bo‘lgan, yozga kelib bor o‘simlik ham to‘siqlar va avtomobil yo‘li o‘rtasida qolib, somon kabi qurib ketgan. Aholi vakillaridan yana biri Mirsalim Safarov esa betonlab tashlangan yo‘ldan yashil hududda kirganingiz zahoti haroratda farq sezilishini aytdi. Yashil hududda salqin havo hukmron.

Bog‘da yoritish tizimlari quyosh energiyasiga ulangan, deya ma’lum qildi Muhammadjon Bekmuhammedov. Hududda ko‘plab o‘rindiqlar, vorkaut-maydonchalar, ahlat qutilari o‘rnatilgan. “Budka"da kutubxona tashkil qilingan, biroq u shunga o‘xshash kutubxonalar kabi ishlamayapti. Mahalliy aholi yashil hududga ko‘ngil qo‘ya boshlagach, ochilishdan ko‘p o‘tmay kafe ham paydo bo‘ldi.

derevya, ozeleneniye, yashil makon, yashnabadskiy rayon

derevya, ozeleneniye, yashil makon, yashnabadskiy rayon

Muhammadjon Bekmuhammedov “Yashil bog‘” loyihasi qiymatini “ulkan” deya atadi, lekin aniq raqamni aytmaslikni ma’qul ko‘rdi.

“Biz qilgan ishning qiymati juda katta, chunki kompaniya oldida ijtimoiy mas’uliyat mavjud”, — dedi u.

Videoreportaj rus tilida.

Jamiyat matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, hozirda parkka kompaniya tomonidan yollangan bog‘bon hamda qorovul qaraydi. Yashil hududning o‘ziga xosligiga qaramasdan ayrim daraxtlar sug‘orib turishga muhtoj, ba’zilari esa sarg‘aya boshlagan.

Muxtor Ashrafiy ko‘chasiga yaqin joyning yashilligi nisbatan kamroq, uzumlar esa qurib qolgan. Daraxtlarni ekish bilan qisman UZCARD kompaniyasi ham shug‘ullangan. “Gazeta.uz"ga kompaniya piar-xizmati ma’lum qilishicha, yashil hududga kelgusida g‘amxo‘rlik qilish tuman hokimligiga topshirilgan. Shak-shubhasiz, tuman ma’muriyati zamonaviy Toshkent uchun noyob bo‘lgan ushbu bog‘ga yetarlicha e’tibor qaratmayapti.

“Ba'zi uzumlar qarovsiz qoldirildi, degan tasavvur uyg‘onmoqda. Ehtimol bunga sug‘orilmayotgani yoki keragidan ortiqcha sug‘orilayotgani sabab bo‘layotgandir. Sug‘orish rejimiga e’tibor qaratish kerak. Kam-kamdan, lekin o‘z vaqtida suv berib borish lozim”, — dedi Mirsalim Safarov.

derevya, ozeleneniye, yashil makon, yashnabadskiy rayon

derevya, ozeleneniye, yashil makon, yashnabadskiy rayon

Muhammadjon Bekmuhammedov tez fursatlarda “Yashil bog‘” Yashnobod tuman hokimligi balansiga o‘tkazib berilishini ma’lum qildi.

“Bu yerlar hokimiyatga qarashli, shu bois ham bog‘ o‘z egasiga tegishli bo‘lishi to‘g‘riroqdir”, — deya tushuntirdi kompaniya matbuot kotibi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Issiqlik elektr stansiyalari” yo‘lning qarama-qarshi tomonida ekkan tut va uzumzorlar allaqachon tuman hokimiyati qaroviga o‘tkazib berilgan.

O‘sha tarafda daraxtlar qurib borayotgani va yashillik deyarli qolmaganiga guvoh bo‘ldik. Agar tuman ma’muriyati boshqaruvni o‘z zimmasiga olsa, Energetika vazirligining bog‘i tanazzulga yuz tutadimi? — ushbu savol ochiqligicha qolmoqda.

derevya, ozeleneniye, yashil makon, yashnabadskiy rayon

Muhammadjon Bekmuhammedov balansdan balansga o‘tgandan keyin ham bog‘ yaxshi ahvolda qoladi va ahlatxonaga aylantirilmaydi, degan yaxshi umidda ekanini bildirdi.

“Qilingan ishlarni saqlab qolish kerak. Bu yerga javobgar bo‘ladigan har qaysi rahbar buni anglab yetishi lozim. Bog‘ni hokimiyatga topshirgunimizcha, biz faqat bog‘da tartib va tozakorlik saqlanib qolinishi, daraxtlarni o‘sishiga qaray olamiz. Keyin esa hokimiyat ehtiyotkorlik bilan parvarishlashi kerak bo‘ladi”, — deya xulosa qildi u.

derevya, ozeleneniye, yashil makon, yashnabadskiy rayon

derevya, ozeleneniye, yashil makon, yashnabadskiy rayon

“Gazeta.uz” suhbatlashgan ko‘plab aholi vakillari yangi yashil maydon yaratilganidan mamnun. Mirsalim Safarovning ta’kidlashicha, bog‘ poytaxtning tashlandiq hududlarini ko‘kalamzorlashtirishga yaqqol misol bo‘la olishi mumkin.

Diana esa kechki payt yugurishga chiqishi va har safar yosh bolali ayollar hududda sayr qilishni qanchalik yaxshi ko‘rishiga guvoh bo‘layotganini qayd etdi. Aholi shu kabi yashil maydonlar butun shahar bo‘ylab barpo etilishi kerak, deb hisoblaydi.

derevya, ozeleneniye, yashil makon, yashnabadskiy rayon

derevya, ozeleneniye, yashil makon, yashnabadskiy rayon

“Shaharda shu kabi bog‘lar ko‘proq bo‘lishini istayman. Hozir hamma joy betonlab tashlanyapti, bekor bunday qilishyapti. Ko‘proq yashillik kerak. Faqat butalar emas, viqorli daraxtlar zarur”, — dedi Diana.

Yashil hududda bir qancha issiqxonalar ham bor, ularda sabzavotlar va ko‘katlar yetishtiriladi. Muhammadjon Bekmuhammedovning aytishicha, ulardan shaharliklar foydalanishadi. Kiraverishdagi peshtaxtada esa issiqxonalar Yashnobod tuman obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli ekani yozib qo‘yilgan.

derevya, ozeleneniye, yashil makon, yashnabadskiy rayon

derevya, ozeleneniye, yashil makon, yashnabadskiy rayon

derevya, ozeleneniye, yashil makon, yashnabadskiy rayon