O‘zbekistonda 1-avgustdan davlat OTMlariga kirish test sinovlari boshlandi. Ular 13-avgustga qadar ikki smenada — ertalab (8:00 dan 11:00 gacha) va tushdan keyin (15:00 dan 18:00 gacha) o‘tkaziladi. Respublika bo‘yicha 72 ta bino va inshoot test sinovlari uchun tanlab olingan.

“Gazeta.uz” muxbirlari Mushtariy Oqboyeva, Madina A’zam va Ma’murjon Obrahmatov imtihon jarayonlaridan fotoreportaj tayyorladi.

Poytaxtning Yoshlik sport majmuasida o‘tkazilgan test

kirish imtihonlari, madina a’zam, ma’murjon obrahmatov, otmlar, test sinovlari

Ilk bor imtihondan o‘tayotgan abituriyentlar ota-onalari, yaqinlari bilan qisqa muddatga hayrlashar ekan, yuragidagi hayqiriq bilan katta hayot ostonasiga qadam bosadi. Yaqinlari esa uning ortidan omad tilagancha, qo‘llarini duoga ochadi.

kirish imtihonlari, madina a’zam, ma’murjon obrahmatov, otmlar, test sinovlari

kirish imtihonlari, madina a’zam, ma’murjon obrahmatov, otmlar, test sinovlari

Abituriyentlar orasida test boshlangunga qadar vaqtni bekorga sarflamay, hordiq chiqarib turishga qaror qilganlar ham yo‘q emas.

Test kitobchalari tarqatilib, ishlashga ruxsat berilgach, barcha birdek qog‘ozlardan ko‘z uzmay, o‘z nazdida to‘g‘ri javobni belgilashga kirishib ketdi.

kirish imtihonlari, madina a’zam, ma’murjon obrahmatov, otmlar, test sinovlari

kirish imtihonlari, madina a’zam, ma’murjon obrahmatov, otmlar, test sinovlari

Ora-orada o‘g‘il-qizlar sekingina bosh ko‘tarib, tomoqni xo‘llab olishadi va yana test yechishga kirishib ketishadi.

kirish imtihonlari, madina a’zam, ma’murjon obrahmatov, otmlar, test sinovlari

Bu vaqtda esa imtihondan o‘tayotganlarning yaqinlari, ota-onalari ularga hozirlangan tashqari hududda, ekran orqali jarayonni onlayn kuzatib, kutib o‘tirishardi.

kirish imtihonlari, madina a’zam, ma’murjon obrahmatov, otmlar, test sinovlari

kirish imtihonlari, madina a’zam, ma’murjon obrahmatov, otmlar, test sinovlari

Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” hududida o‘tkazilgan test

kirish imtihonlari, madina a’zam, ma’murjon obrahmatov, otmlar, test sinovlari

Abituriyentlar va ularning ota-onalari to‘plangan joylarda xususiy OTMlarni reklamalarini tarqatish ham avjiga chiqqan, ular shu yo‘l orqali OTMga kira olmaganlarni o‘zining ta’lim muassasasiga jalb qilmoqda.