O‘zbekiston va Ozarbayjon harbiylari Toshkentda “Noqonuniy qurolli guruhlarni cheklash, kuchsizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shinlarning maxsus operatsiyalarini tashkil etish va o‘tkazish” mavzusida UZAZ-2023 kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

армия, озарбайжон, ўзбекистон, harbiyлар

O‘quv mashg‘ulotlari Toshkent harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni rahbarligida 27-iyuldan 1-avgustga O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Modellashtirish va simulyatsiya bo‘yicha tadqiqotlar dala-o‘quv markazida o‘tkazildi.

Shundan so‘ng guruhlarning taktik vazifasi taqsimoti, dastlabki holat xaritasi va jang olib borishga oid boshqa ma’lumotlar yetkazildi hamda mashqning faol bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish boshlandi.

армия, озарбайжон, ўзбекистон, harbiyлар

O‘quv davomida chegarani buzib o‘tishga urinish va noqonuniy qurolli tuzilmalarga qarshi jang olib borish bo‘yicha ikki davlat harbiylari o‘zaro fikr va malaka almashildi.

“Qurolli to‘qnashuvlarda harbiy harakatlar, maxsus guruh va batalonning jangovar harakatlari nazariy va amaliy jihatdan ko‘rib chiqildi”, — deyiladi xabarda.