Dunyoda har yili 1,3 millionga yaqin odam tamaki tutunidan vafot etmoqda — JSST

Tamaki nazorati sohasida ijobiy o‘zgarishlar bor, ammo uning iste’moli “jamoat salomatligi uchun asosiy tahdidlardan biri” bo‘lib qolmoqda, deyiladi JSST hisobotida. Har yili dunyoda 1,3 millionga yaqin odam passiv chekish (tamaki tutuni) qurboni bo‘lyapti.

Qoraqalpog‘istonda arzon, Toshkentda qimmat — hududlarda uy-joy narxlari qanday?

MHTI ekspertlarining uy-joy narxlari bo‘yicha o‘tkazgan tahlil natijalariga ko‘ra, har bir kvadrat metr uchun eng arzon uy Qoraqalpog‘istonda ($390,1), eng qimmati esa Toshkent shahrida ($1251) qayd etildi. Bir yil ichida yangi uy narxi o‘rtacha 44 foizga, ikkilamchi bozordagi esa o‘rtacha 33 foizga qimmatlashdi.

Farg‘onada erkak telefoniga javob bermagan Yandex haydovchisining mashinasini shikastladi

Farg‘ona shahrida erkak telefoniga javob bermagan Yandex haydovchisi mashinasining oynalarini tosh bilan sindirdi. 22 yoshli haydovchi buyurtmachining manziliga kelganida telefoni o‘chib qolgan va u bilan bog‘lanolmagan. Mashinaga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha ekspertiza tayinlandi.

Buxoroda 2 shaxs fuqaroni texnikumga o‘qishga kiritish evaziga $1000 olgani aytilmoqda

Shofirkon tumanida 2 shaxs fuqaroni yuqori vakolatli tanishlari orqali jamoat salomatlik texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, undan 1000 dollar olganlikda gumonlanmoqda. Holat tergov ostida.

Samarqandda 4 nafar yigit suv omborida cho‘kib ketdi

Shanba kuni Kattaqo‘rg‘on suv omborida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 7 nafar yigitdan 4 nafari cho‘kib ketdi. Hozirgacha bir yigitning murdasi topilgan, qolganlari qidirilmoqda. Holatga yigitlarning fotosuratga tushish maqsadida tartibsiz harakatlar qilgani sabab bo‘lgan.

Senat qator qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasini ko‘rib chiqadi

Senatning 4-avgustdagi yalpi majlisida “Advokatura to‘g‘risida”, “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi hamda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tizimini yaxshilashga oid qonunlarga o‘zgartirish kiritish ko‘rib chiqiladi.

UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benzini narxi oshdi

“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benziniga chegirmalar yakunlandi. Uning bir litri endi 7500 so‘m emas, 8600 so‘mni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 6 oyda o‘rtacha oylik ish haqi 4,3 mln so‘mni tashkil etdi — Statistika agentligi

Statistika agentligining hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda yanvar-iyun oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 4,3 mln so‘mni tashkil etgan. Ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahri (7 million so‘m), Navoiy viloyati (5,6 million so‘m) va Toshkent viloyatida (4,3 million so‘m) kuzatilgan.

Toshkent shahridagi 50-maktabda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahri markazidagi 50-maktabda yong‘in sodir bo‘ldi. Uning maydoni 10 kvadrat metrni tashkil etdi. Qurbonlar yo‘q, deb xabar berdi FVV.

Prezident ishdan olganidan 1 kun o‘tib, Marg‘ilon hokimi o‘z yordamchisi va kotibini rag‘batlantirish bo‘yicha farmoyish chiqardi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida 27-iyul kungi yig‘ilishda Marg‘ilon shahri hokimi Adham Ziyavitdinovni ishdan olgandi. Ammo hokim 28-iyulda yordamchisi va kotibni rag‘batlantirish bo‘yicha farmoyish chiqardi, hujjat keyinchalik yashirib qo‘yildi. Hokimlik farmoyishni viloyat prokuraturasi o‘rganayotganini bildirdi.

Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon harbiylari qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi

Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon harbiylari qo‘shma UZAZ-2023 kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

“Gazeta.uz"da e’lon qilingan reportaj:

Tashlandiq joyda qanday qilib yashil bog‘ barpo etish mumkin?

Yashnobod tumani Alimkent ko‘chasidagi sobiq tramvay yo‘llari o‘rni ko‘plab yillar mobaynida tashlandiq holatga kelib qoldi. Hozir esa bu yerda — daraxtlar, butalar va uzumlar ekilgan. Biz unga kim g‘amxo‘rlik qilayotgani va odamlar toshga aylangan shahardagi yangi oazis haqida qanday fikrdaligini o‘rgandik.