1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Stajga ega bo‘lmaganlar uchun nafaqa miqdori 33 ming so‘mga oshadi, ota-onalarning farzandi ta’limi uchun to‘lagan puli daromad solig‘idan ozod qilinadi, rahbarlar raqamli texnologiyalar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qiydi, isitish tizimlarini modernizatsiya qilish boshlanadi — 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

OTMlarga kirish test sinovlari — suratlarda

1-avgust erta tongdan talabalar qatoridan joy olishga oshiqqan abituriyentlar OTMlarga kirish uchun test sinovlaridan o‘tishni boshladi. “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxtdagi imtihon olinayotgan ikkita hududdan fotoreportaj tayyorladi.

San’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i $4800 olayotganda ushlandi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 5000 dollar talab qilgan oliygoh bo‘lim boshlig‘i aniqlandi. U mablag‘dan 4800 dollarini olayotganda ushlandi.

Prokuror Abduqodir Mo‘minovga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishini so‘radi

Abduqodir Mo‘minov ishi yuzasidan prokuror sudyadan sudlanuvchiga nisbatan uzil-kesil 11 yil ozodlikdan mahrum etish, 3 yil davomida jurnalistik faoliyatni cheklash va BHMning 400 barobari miqdorida jarima jazosini tayinlashni so‘radi.

2030-yilga borib jiddiy YTHlar sonini 50 foizga kamaytirish reja qilinmoqda

2030-yilgacha jiddiy YTHlar sonini kamida 50 foizga kamaytirish, kengligi 2 va undan ortiq polosali piyodalar o‘tish joylarini svetofor bilan jihozlash rejalashtirilmoqda. YHXXning yilning birinchi yarmida raqamlarni kamaytirish bo‘yicha rejalariga qaramay, YTHlar va og‘ir oqibatlar ko‘paydi.

O‘zbekistonda joriy yilgi davlat budjeti defitsiti chegarasi oshirilishi mumkin

Prezident qarori loyihasi bilan 2023-yilda konsolidatsiyalashgan budjet defitsitini YAIMga nisbatan 3 foizdan 5 foizgacha yoki 53,4 trln so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda. Agar hukumat yana xarajatlar chegarasidan o‘tib ketsa, bu davlat xarajatlarining 1,8 mlrd dollarga oshishiga olib keladi.

Iyul oyida yillik inflyatsiya 9 foizdan pastga tushdi. Bu deyarli 7 yildagi eng past ko‘rsatkich

Iyul oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda 0,2 foizlik deflyatsiya qayd etildi va yillik inflyatsiya 9 foizdan pastga tushdi, bu 2016-yil avgustidan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Oxirgi oyda guruch va go‘sht qimmatladi, un, tuxum, sariyog‘, sut va shakar arzonladi. Benzin narxi ko‘tarilishda davom etmoqda.

Narx pufaklari salbiy ta’sirining oldini olish uchun ipoteka kreditlariga maksimal chegara qo‘yganmiz — MB raisi

Markaziy bank raisi narx pufaklari yorilayotgan vaqtida banklarga bo‘ladigan salbiy ta’sirning oldini olish uchun ipoteka kreditlari ajratishda maksimal chegaralar belgilanganini aytdi. Avvalroq Toshkent shahridagi uy-joy narxlarining bozor va fundamental qiymatlari o‘rtasidagi farq 210 mln so‘mga yetgandi.

Samarqanddagi mehmonxonalarning birida 30 yoshli ayolning jasadi topildi

Samarqand shahridagi mehmonxonalarning birida 30 yoshli ayolning jasadi bo‘yin sohasidan bo‘g‘ilgan holatda topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

To‘ra Bobolov Oqqo‘rg‘on tumani hokimi v.b. etib tayinlandi

To‘ra Bobolov Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Kegeyli tumaniga yangi hokim tayinlandi

Aybek Kamalov Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumani hokimi etib tayinlandi. U shu paytga qadar biznes-ombudsman devonining Qoraqalpog‘iston sho‘'basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Maxsus davlat korxonasi Toshkent shahar hokimligi va biznes o‘rtasida “ko‘prik” bo‘ladi

AJ shaklida Toshkent shahar hokimligi va biznes o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lishi rejalashtirilgan “Toshkent invest” davlat kompaniyasi tashkil etilmoqda. U tadbirkorlar bilan birgalikda poytaxt infratuzilmasini rivojlantirishga oid loyihalarni amalga oshiradi. Kompaniya Toshkent taraqqiyot jamg‘armasini ham boshqaradi.

Buxorodagi 23 ta savdo do‘koni yonib ketdi

Tunda Buxoro shahridagi ikki qavatli savdo majmuasida sodir bo‘lgan yong‘in sabab 15 ta do‘kon va majmua yaqinidagi bozorning 8 ta do‘koni yonib ketdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.