O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i 4800 dollar olayotganda ushlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va DXX xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i A.O‘. fuqaro J.S.ni ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytgan. Evaziga 5000 dollar talab qilib, shundan 4800 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

U 2023−2024 o‘quv yili uchun qabul komissiyasi mas’ul kotibi ham bo‘lgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.