Jamiyat

Samarqandda Malibu urib yuborgan piyoda vafot etdi
25 avgust 2023, 14:29

Samarqandda Malibu urib yuborgan piyoda vafot etdi

Urgut tumanida katta tezlikda harakatlangan Malibu-2 yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi.

240 nafar qatag‘on qurbonining nomi oqlandi (ro‘yxat)
25 avgust 2023, 12:42

240 nafar qatag‘on qurbonining nomi oqlandi (ro‘yxat)

Oliy sud 5 ta jinoyat ishi bo‘yicha 240 nafar qatag‘on qurbonining nomini oqladi. Ular hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida yashagan. Surgun qilinganlar ichida bir necha o‘nlab Qozog‘iston SSR fuqarolari ham bo‘lgan.

“Keshbekni o‘ylab topganlar tadbirkorlarga zulm qilayotganini” aytgan imom-xatib ishdan olindi
25 avgust 2023, 12:27

“Keshbekni o‘ylab topganlar tadbirkorlarga zulm qilayotganini” aytgan imom-xatib ishdan olindi

Toshkentdagi “Imom Termiziy” masjidi imom-xatibi Isoqjon Begmatovning “keshbekni o‘ylab topganlar xalq va tadbirkorlarga zulm qilmoqda”, degan fikri e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Musulmonlar idorasi bu fikr orqali jiddiy xatoga yo‘l qo‘yilgani, imom oldin ham ogohlantirishlar olgani uchun uni ishdan bo‘shatdi.

Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
25 avgust 2023, 11:18

Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba kuni Rossiyadan nam va salqin havo massalari kirib kela boshlaydi. Yakshanba kuni barcha hududlarda bulutlilik kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab havo biroz salqinlashadi.

Yangi ko‘p qavatli binolar boshqaruvchi tashkilotsiz foydalanishga qabul qilinmaydi
25 avgust 2023, 10:32

Yangi ko‘p qavatli binolar boshqaruvchi tashkilotsiz foydalanishga qabul qilinmaydi

Prezident qaroriga ko‘ra, quruvchi tashkilotlar qurilishi tugallangan uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni jalb qilishlari shart. Busiz uy foydalanishga qabul qilinmaydi.

Toshkent shahri kengashi 360 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni taqsimlash bo‘yicha qaror qabul qildi. Pullar nimaga sarflanadi?
25 avgust 2023, 10:07 1

Toshkent shahri kengashi 360 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni taqsimlash bo‘yicha qaror qabul qildi. Pullar nimaga sarflanadi?

Poytaxt kengashi mahalliy budjetdan 360 mlrd so‘mdan ortiq pulni taqsimlash qarorini qabul qildi. Mablag‘ kam ta’minlangan oilalarga ipotekalarni moliyalashtirish, Nukusda avariyaviy uylarni ta’mirlash, idora va mansabdorlarning noqonuniy harakatlari ortidan yetgan zararni qoplash kabi maqsadlarga sarflanadi.

24-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
24 avgust 2023, 22:00

24-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Narxi o‘zgarmagan metan “zapravka”dagi gaz narxi, guruh bosqichiga qur’a tashlangan Osiyo Chempionlar ligasi, farg‘onalik 20 yoshli kelinchakning o‘limi tafsilotlari, talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun onlayn ariza topshirish va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Toshkent chorrahalaridagi “tuzoq”lar bilan bog‘liq vaziyat ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi
24 avgust 2023, 21:57

Toshkent chorrahalaridagi “tuzoq”lar bilan bog‘liq vaziyat ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi

O‘zbekiston IIV YHXX, Transport vazirligi va Toshkent hokimligi chorrahalarda juda ko‘plab haydovchilar jarimaga tortilishiga sabab bo‘layotgan “tuzoqlar” bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

Photomate va Solar Nature kompaniyalari hamkorlik memorandumi imzolashdi
24 avgust 2023, 19:00

Photomate va Solar Nature kompaniyalari hamkorlik memorandumi imzolashdi

O‘zbekistonda muqobil energetikani rivojlantirish maqsadida Photomate va Solar Nature kompaniyalari quyosh invertorlarini yetkazish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdi.

Qo‘llanma: Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun onlayn ariza topshirish
24 avgust 2023, 18:10

Qo‘llanma: Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun onlayn ariza topshirish

O‘zbekistonda 2024-yildan davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha kurs talabalari yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza topshirishi mumkin bo‘ladi. Hozircha bunday imkoniyat faqat 1-kurs talabalarida bor. “Gazeta.uz” ular uchun Yagona portal orqali ariza topshirish yo‘riqnomasini tayyorladi.

Metan “zapravka”larda tabiiy gaz narxi oshgani yo‘q — Energetika vazirligi
24 avgust 2023, 17:16

Metan “zapravka”larda tabiiy gaz narxi oshgani yo‘q — Energetika vazirligi

Tarmoqlarda metan “zapravka”larning yopiqligi, ochiqlarida uzun navbatlar yuzaga kelayotgani va gaz narxi ko‘tarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi respublika bo‘yicha “zapravka”larga tabiiy gaz talabga asosan yetkazib berilayotgani va uning narxi oshmaganini ma’lum qildi.

Toshkentda 4-sentabrdan metro poyezdlari oraliq vaqti qisqaradi, avtobuslar soni oshiriladi
24 avgust 2023, 15:35

Toshkentda 4-sentabrdan metro poyezdlari oraliq vaqti qisqaradi, avtobuslar soni oshiriladi

4-sentabrdan metrodagi poyezdlar harakati oraliq vaqti 1,5−5 daqiqagacha qisqarishi va’da qilinmoqda. “Toshshahartransxizmat” esa avtobuslar sonini 86 tagacha ko‘paytirib, qo‘shimcha yana 9 ta yangi yo‘nalish tashkil qilishni rejalashtirmoqda.

27−29-avgust kunlari tog‘li hududlarga sel kelishi mumkin
24 avgust 2023, 12:17

27−29-avgust kunlari tog‘li hududlarga sel kelishi mumkin

O‘zbekistonga 26−28-avgust kunlari nam va salqin havo massalari kirib kelishi hisobiga joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon bo‘lishi, 27−29-avgust kunlari tog‘li hududlarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi harorat +23 darajagacha pasayadi.

Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lganlarning farzandlari bog‘cha to‘lovidan ozod etiladi
24 avgust 2023, 11:37

Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lganlarning farzandlari bog‘cha to‘lovidan ozod etiladi

O‘zbekistonda vatan himoyasi va tinchligi yo‘lida yaralangan yoki halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari bog‘cha to‘lovidan ozod qilinadi. Boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari ham shunday imtiyozga ega bo‘ladi.

“O‘z joniga qasd qilganiga ishonmayman”. Farg‘onalik 20 yoshli kelinchakning o‘limi tafsilotlari
24 avgust 2023, 10:53

“O‘z joniga qasd qilganiga ishonmayman”. Farg‘onalik 20 yoshli kelinchakning o‘limi tafsilotlari

Farg‘ona viloyatida vafot etgan 20 yoshli kelinning yaqinlari uning to‘ydan bir oy o‘tib o‘z joniga qasd qilganiga ishonmayapti. Xolasining aytishicha, qiz eri uni kaltaklayotganidan shikoyat qilgan.

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga boradi
24 avgust 2023, 10:10

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi. Safar davomida yangi loyiha va inshootlar bilan tanishadi, hududni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazadi.

“Jarimalarni bekor qilish kerak”. “Yuksalish” rahbari — chorrahalardagi “tuzoq”lar haqida
24 avgust 2023, 09:26

“Jarimalarni bekor qilish kerak”. “Yuksalish” rahbari — chorrahalardagi “tuzoq”lar haqida

“Yuksalish” umummilliy harakati rahbari Bobur Bekmurodov so‘nggi haftalarda tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan kameralar aniqlagan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik haqidagi qaydnomalarni tekshirishga chaqirdi. Asossiz chiqarilgan barcha jarimalar bekor qilinishi kerak, deydi u.

23-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
23 avgust 2023, 22:00

23-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

2025-yilgacha sig‘imi ortadigan “Gazli” ombori, talaba bo‘lgan 193 ming abituriyent, 189 ball to‘plasa-da, kontraktga kirganlar, O‘zbekistonning BMTdagi yangi vakili, chorrahalardagi “tuzoq"lardan norozi haydovchilar, Dog‘istonda vafot etgan 4 nafar o‘zbekistonlik va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Xitoyning Omoda avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda
23 avgust 2023, 19:00

Xitoyning Omoda avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda

Tez orada Omoda C5 fastbek krossoveri O‘zbekistonda sotuvga chiqariladi. Tashkent City`da onlayn shaklda bo‘lib o‘tgan taqdimot davomida kompaniya vakillari yangi modelning asosiy afzalliklari haqida so‘zlab berishdi.

“Prezident granti beriladi”. Oliy ta’lim vazirligi — maksimal ball to‘plasada, kontraktga kirganlar haqida
23 avgust 2023, 17:40

“Prezident granti beriladi”. Oliy ta’lim vazirligi — maksimal ball to‘plasada, kontraktga kirganlar haqida

Ko‘pchilik imtihonda maksimal ball to‘plaganiga qaramasdan, “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga berilgan imtiyoz sabab kontrakt asosida o‘qishga kirdi. Faollar bunday imtiyozni “o‘ta adolatsiz” deb atadi. Vazirlik maksimall ball to‘plagan 200 nafar talabaga “prezident granti” berilishini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting