O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi, deya xabar berdi uning matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Davlat rahbari viloyatdagi bunyodkorlik ishlari, ta’lim maskanlari faoliyati, sanoat va xizmat ko‘rsatish loyihalari bilan tanishadi.

Shuningdek, safar davomida viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.