2025-yilgacha “Gazli” gaz ombori sig‘imini ikki baravar oshirish rejalashtirilmoqda. Loyiha haqida nimalar ma’lum?

“O‘zbekneftgaz” va Rossiyaning “Forus” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan Gazli Gas Storage QK 2025-yilgacha “Gazli” yerosti gaz ombori quvvatini ikki barobarga oshirishni rejalashtirmoqda. “O‘zbekistonda neft va gaz sanoatining holati to‘g‘risida"gi ma’ruza mualliflari ayrim savollarni o‘rtaga tashlashdi.

O‘zbekistonning BMTdagi yangi vakili ish boshladi

Nyu-York shahrida O‘zbekistonning BMTdagi yangi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov bosh kotib Antoniu Guterrishga ishonch yorliqlarini topshirdi va ish faoliyatini boshladi.

Toshkentda haydovchilar chorrahalardagi “tuzoq"lardan norozi

Poytaxtdagi haydovchilar chorrahalar oldiga noto‘g‘ri joylashtirilgan mashinalar tufayli yo‘l harakati qoidalarini buzishga majbur bo‘lgan vaziyatlarni “tuzoq” deb atamoqda. Rasmiylar vaziyatni o‘rganayotganini bildirdi.

Qashqadaryoda XIII-XIV asrlarga oid qishloq xarobalari topildi

Muborak tumanidagi Xo‘ja Ravshan obidasi hududida Amir Temur davriga mansub qishloq xarobalari, xususan, 4 ta xona, koshin, sirlangan sopol, metalldan yasalgan xo‘jalik jihozlari topildi.

Qo‘qon pedagogika instituti dekani $4 ming olayotganda ushlangani aytilmoqda

Qo‘qon davlat pedagogika instituti dekani fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 4 ming dollar olayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Bu kabi holat Xorazm viloyatida ham qayd etildi.

O‘zbekistonda 193 mingdan ortiq abituriyent talaba bo‘ldi

Davlat OTMlari bakalavriatiga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra, 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi (shundan 42,6 mingi grant asosida). Davlat granti asosida o‘rtacha ball 119,3 ni, to‘lov-kontraktniki esa 93,3 ballni tashkil etdi.

“Prezident granti beriladi”. Oliy ta’lim vazirligi — maksimal ball to‘plasada, kontraktga kirganlar haqida

Ko‘pchilik imtihonda maksimal ball to‘plaganiga qaramasdan, “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga berilgan imtiyoz sabab kontrakt asosida o‘qishga kirdi. Faollar bunday imtiyozni “o‘ta adolatsiz” deb atadi. Vazirlik maksimall ball to‘plagan 200 nafar talabaga “prezident granti” berilishini ma’lum qildi.

“Toshshahartransxizmat” — elektrobus haydovchilarining quvvatlashdagi muammolardan qilgan shikoyati haqida

Toshkentda elektrobus haydovchilarining mashinalarni quvvatlash bo‘yicha qilgan shikoyati boshqa avtoparklardagi quvvat joylarini bo‘lib berish orqali hal etildi. “Toshshahartransxizmat”, shuningdek, haydovchilarning kechikayotgan maoshlari hafta oxirigacha to‘lab berilishini va’da qildi.

“O‘zbekneftgaz” va SOCAR qo‘shma loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi

“O‘zbekneftgaz” va Socar kompaniyalari O‘zbekiston va Ozarbayjonda neft-gaz sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Toshkentda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortildi

Yashnobod tumanidagi 149-maktab direktori o‘qituvchilarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga jalb qilgan uchun jarimaga tortildi.

Surxondaryoda arxeologik yodgorliklar tuprog‘idan molxona va hojatxona qurilgani aniqlandi

Sho‘rchi tumanidagi madaniy meros obyektlari hududlarida g‘isht ishlab chiqarilayotgani, tuprog‘idan molxona va hojatxona qurilgani aniqlandi. Buning oqibatida yodgorliklarga 3,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Dog‘istonda “zapravka"dagi portlash oqibatida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan

14-avgust kuni Dog‘istondagi yonilg‘i quyish shoxobchasi portlab, o‘nlab odamlar halok bo‘lgandi. Respublika rahbari ularning 4 nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini bildirib, vafot etganlarning oilalariga 1 mln rubldan yordam ko‘rsatilishini qo‘shimcha qildi.