Metan “zapravka”larda tabiiy gaz narxi oshgani yo‘q — Energetika vazirligi

Tarmoqlarda metan “zapravka”larning yopiqligi, ochiqlarida uzun navbatlar yuzaga kelayotgani va gaz narxi ko‘tarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi respublika bo‘yicha “zapravka”larga tabiiy gaz talabga asosan yetkazib berilayotgani va uning narxi oshmaganini ma’lum qildi.

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlandi

O‘zbekistonning “Paxtakor”, “Nasaf”, “Navbahor” va AGMK futbol klublari OCHLning 2023/2024-yilgi mavsumi guruh bosqichidagi raqiblari nomini bilib oldi. AGMK tarkibiga Karim Benzemani qo‘shib olgan “Al-Ittihod” bilan, “Navbahor” esa Neymar bilan shartnoma tuzgan “Al-Hilol” bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.

O‘zbekiston eksportchilari uchun valyuta nazorati yumshatilmoqda

Senatorlar summa bir savdo shartnomasi bo‘yicha yetkazib beriladigan mahsulot qiymatining 5% idan oshmasa, eksportyorlarga aktivlar repatriatsiyasi ta’minlanmagani uchun jarima solinmasligi bo‘yicha o‘zgarishlarni ma’qulladi. Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari limit tanlovi va nega uni oshirib bo‘lmasligini tushuntirdi.

Toshkentda 4-sentabrdan metro poyezdlari oraliq vaqti qisqaradi, avtobuslar soni oshiriladi

4-sentabrdan metrodagi poyezdlar harakati oraliq vaqti 1,5−5 daqiqagacha qisqarishi va’da qilinmoqda. “Toshshahartransxizmat” esa avtobuslar sonini 86 tagacha ko‘paytirib, qo‘shimcha yana 9 ta yangi yo‘nalish tashkil qilishni rejalashtirmoqda.

Senat “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunni rad etdi

Senatorlar “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunni rad etdi. Bunga hujjatdagi ayrim normalarning tadbirkorlik faoliyati erkinligi va daxlsizligiga oid kafolatlariga zidligi, korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi va boshqa kamchiliklar sabab bo‘ldi.

Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lganlarning farzandlari bog‘cha to‘lovidan ozod etiladi

O‘zbekistonda vatan himoyasi va tinchligi yo‘lida yaralangan yoki halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari bog‘cha to‘lovidan ozod qilinadi. Boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari ham shunday imtiyozga ega bo‘ladi.

“O‘z joniga qasd qilganiga ishonmayman”. Farg‘onalik 20 yoshli kelinchakning o‘limi tafsilotlari

Farg‘ona viloyatida vafot etgan 20 yoshli kelinning yaqinlari uning to‘ydan bir oy o‘tib o‘z joniga qasd qilganiga ishonmayapti. Xolasining aytishicha, qiz eri uni kaltaklayotganidan shikoyat qilgan.

“Jarimalarni bekor qilish kerak”. “Yuksalish” rahbari — chorrahalardagi “tuzoq”lar haqida

“Yuksalish” umummilliy harakati rahbari Bobur Bekmurodov so‘nggi haftalarda tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan kameralar aniqlagan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik haqidagi qaydnomalarni tekshirishga chaqirdi. Asossiz chiqarilgan barcha jarimalar bekor qilinishi kerak, deydi u.

Aprel-iyun oylarida O‘zbekiston banan importini keskin oshirdi — EastFruit

EastFruit portaliga ko‘ra, 2023-yil aprel-iyun oylarida O‘zbekistonga 37,9 ming tonna banan import qilindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 63 foizga, 2021-yilning shu davriga nisbatan esa 2,8 barobarga ko‘proq. May oyidan boshlab banan narxi oldingi yillarga nisbatan eng past darajaga tushgan.

Senat ijara va lizing to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qulladi. Nimalar o‘zgarmoqda?

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda avtomobil ijarasi yoki lizing bo‘yicha firibgarlik holatlari ko‘paydi. Senatorlar ijaraga olingan obyektni mulk qilib oladigan ijarachilar huquqini himoya qilishga qaratilgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi. Lizingga oluvchining roziligisiz obyektni tasarruf etish ham taqiqlanmoqda.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

Qo‘llanma: Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun onlayn ariza topshirish

O‘zbekistonda 2024-yildan davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha kurs talabalari yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza topshirishi mumkin bo‘ladi. Hozircha bunday imkoniyat faqat 1-kurs talabalarida bor. “Gazeta.uz” ular uchun Yagona portal orqali ariza topshirish yo‘riqnomasini tayyorladi.