18-avgust kuni Tashkent City`da Xitoyning Omoda C5 avtomobilining onlayn taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kompaniya vakillari futuristik fastbek krossoverining yorqin afzalliklari bilan o‘rtoqlashdilar. U avangard san’atiga asoslangan Art in Motion konsepsiyasi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim tarkibiy qismlarni birlashtiradi: innovatsiyaviylik, funksionallik hamda zamonaviy va estetik dizayn.

omoda, реклама

Yangi Omoda C5 zamonaviy ko‘rinish va innovatsion texnologiyalarning noyob qorishmasidir, bu esa hatto juda talabchan avtomobil ixlosmandlarini hayratda qoldirishi mumkin. Futuristik krossover har jihatdan o‘z nomiga mos, zero Omoda aslida yangi trendni anglatadi.

Tashqi ko‘rinishi

Zamonaviy avto bo‘lgan Omoda C5 o‘zining yorqin va texnologik dizayni bilan ajralib turadi. Uning asosiy xususiyatlari radiatorning asl panjarasi, krossoverning sport mashinasi ekanligiga urg‘u beradigan 18 dyuymli ikki rangli quyilgan disklar mavjudligida namoyon bo‘ladi. Dinamik kuzov avtomobilning tezkorligini aks ettiribgina qolmay, aerodinamik qarshilikni kamaytirishga va benzin sarfini qisqartirishga imkon beradi.

Krossoverning optikasini alohida qayd etish kerak: xavfsiz haydash uchun optimal yorug‘likni ta’minlaydigan LED-faralar, yo‘l oqimida keskin ajralib turadigan T-shaklidagi kunduzgi chiroqlar va modelni yanada jozibador qiladigan matritsali orqa chiroqlar.

Omoda C5`ning yana bir xususiyati — “parvoz qilayotgan tom”. Kuzovning o‘rta va orqa tayanchlarining o‘ziga xos tarzda ishlangani va oynalar tonirovkasi havoda uchish illyuziyasini paydo qiladi.

Avtomobilning ichidagi xususiyatlari

C5 ixcham krossoverining ichki qismi yuqori darajadagi qulaylikning barcha qonunlariga muvofiq ishlangan. Qulay sport o‘rindiqlari, salondagi ekologik toza charm va bo‘rttirma multi-rul hashamat, shohonalik muhitini his qilishga imkon beradi.

Salonda bitta shisha ostida birlashtirilgan ikkita 10,25 dyuymli ekran mavjudligi e’tiborni o‘ziga tortmay qolmaydi. Chap ekran asboblar paneli ma’lumotlarini ko‘rsatsa, o‘ng ekran axborot berish va hordiq chiqarish imkoniyatlarini o‘zida mujassam etgan.

Aqlli ikki zonali iqlim nazorati, “isitish opsiyalari”, shu jumladan old oyna va orqa oynalarni, tashqi orqa ko‘zgularni artadigan purkash uskunasini, rul va o‘rindiqlarning ikkala qatorini elektr isitish avtomobil ichida qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Ovozni boshqarish tizimi alohida e’tiborga loyiqdir, bu esa derazalarni yoki lyukni ochish, konditsionerni yoqish va audio tizim ovozini ko‘tarish uchun buyruqlar berishga imkon beradi. Ayni paytda tizim xitoy, ingliz va rus tillarini tushunadi. Yaqin kelajakda o‘zbek tilini qo‘shish rejalashtirilgan.

Motor — bu mashinaning yuragidir. Bu borada ishlab chiqaruvchilar krossoverni munosib agregat — 147 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozladilar.

Omoda brendi haqida

Omoda brendi foydalanish ekotizimini birgalikda yaratish va avtomobillarni ko‘p sonli foydalanish holatlari va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan yaxshiroq hayotning bir qismiga birlashtirish konsepsiyasiga amal qiladi. Brendning geografik tarmog‘i Meksika, Turkiya, Avstraliya, Isroil va yaqin Sharqni qamrab oladi. Kompaniya uni kengaytirishni va yangi bozorlarga chiqishni rejalashtirmoqda. Ulardan biri — O‘zbekiston avtomobil bozoridir.

omoda, реклама

Bu yerda Omoda C5 ikkita modifikatsiyada taqdim etiladi:

  1. 1,5 Turbo CVT modeli old g‘ildiraklar orqali haydash konfiguratsiyasini taklif qiladi va 9,9 soniyada 0 dan 100 km/soatgacha tezlashadi, bunda maksimal tezlik 195 km/soatga yetadi. Aralash rejimda yoqilg‘i sarfi taxminan 100 km uchun 7 litrni tashkil qiladi.
  2. 1,6 Turbo 7DCT AWD modeli barcha g‘ildiraklar orqali haydashga mo‘ljallangan va 8,6 soniyada 100 km/soatgacha tezlashadi, bunda maksimal tezlik 195 km/soatni tashkil etadi.

Telegram: t.me/uzomoda
Instagram: @omoda_uz
Facebook: fb.com/Omodauzb

Reklama huquqlari asosida.