24-avgustda Photomate va Solar Nature hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni rasman imzoladilar. Bu muhim qadam O‘zbekiston quyosh energetikasi loyihalari sohasida faol rivojlanayotgan ikki kompaniya o‘rtasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikning boshlanishidan dalolat beradi.

Memorandum kompaniyalar o‘rtasida muhim va samarali hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan hamkorlik uchun asos yaratadi. O‘zaro hurmat, tenglik va O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligiga rioya qilish hamkorlikning ustuvor tamoyillari hisoblanadi.

photomate, реклама

Tomonlar birgalikda belgilangan vazifalarni hal qilish majburiyatini oladilar. Photomate Huawei invertorlariga texnik yordam va texnik xizmat ko‘rsatadi va shu orqali ularning barqarorligi va ishonchliligini ta’minlaydi. Shuningdek, kompaniya o‘quv seminarlar tashkil etish orqali Solar Nature muhandislarining malakasini oshirishga yordam beradi.

Photomate va Solar Nature o‘rtasidagi hamkorlik ikkala kompaniyaning muqobil energetikani rivojlantirish va mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishga intilishini aks ettiradi. Ushbu hamkorlik innovatsion loyihalarni kuchaytirishga va O‘zbekiston hamda uning tashqarisida quyosh energiyasini targ‘ib qilishga hissa qo‘shishi kutilmoqda.

“Biz Solar Nature bilan hamkorlikni rasmiylashtirishdan mamnunmiz. Bizning qadriyatlarimiz, biznes uslublarimiz, shuningdek, uzoq muddatli istiqbolda O‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha qarashlarimiz ko‘p jihatdan mos keladi. Photomate missiyasi 16 yil davomida to‘plangan bilimlarni ulashish, mahalliy muhandislarni uzoq vaqtdan beri eng sifatli va ishonchli invertorlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ilg‘or brend bo‘lib kelgan Huawei texnologiyalarini to‘g‘ri ishlatishga o‘rgatish va respublikaning energiya mustaqilligini ta’minlashga yordam beradigan turli masshtabdagi loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish. Biz Solar Nature bilan uzoq yillar davomida samarali hamkorlik qilishga umid qilamiz”, — dedi Photomate mintaqaviy direktori Aleksandr Shamrov.

photomate, реклама

“2014-yildan buyon Solar Nature kompaniyasi ham davlat, ham xususiy korxonalarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bizning mijozlarimizning salmoqli qismini mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi strategik ahamiyatga ega davlat tuzilmalari tashkil etadi. O‘zbekistonda quyosh batareyalarini o‘rnatish bo‘yicha yetakchi kompaniya sifatida biz o‘z ishimizga namuna bo‘lishimiz va o‘z ishimizga ishonchimiz komil bo‘lishi kerak, shu munosabat bilan Solar Nature kompaniyasi Photomate bilan quyosh invertorlarini yetkazib berish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha memorandum imzoladi. Bizning hamkorligimiz keng ko‘lamli ko‘p bosqichli texnik yordamni, jumladan, loyihalashga komaklashish, xodimlarimizni o‘qitishni va keng xalqaro tajribaga ega bo‘lishini ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Biz ayniqsa Photomate ortida turgan kuchli muhandislar jamoasini qadrlaymiz. Bu hamkorlik mijozlarimizga yanada ishonchli va samarali quyosh energiyasi yechimlarini taqdim etish uchun yangi istiqbollarni ochadi”, — deb ta’kidladi Solar Nature operatsion direktori Zohidov Shuhrat Tursunbayevich.

Photomate telefoni: (+998) 99−797−99−97.
Solar Nature telefoni: (+998) 99−788−00−30, (+998) 55−500−99−90, (+998) 93−007−22−00.

Reklama huquqlari asosida.