O‘zbekistonda 22-avgust kuni davlat oliy ta’lim muassasa (OTM)lariga qabul uchun yakuniy test natijalari e’lon qilindi. Bundan bir hafta avval esa hukumat talabalarni yotoqxonalar (talabalar turar joylari — TTJlar)ga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlagandi.

Unga ko‘ra, talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun yo‘llanmalar dastlab imtiyozli (yotoqxonaga joylashishda ustuvorligi bor talabalar) ro‘yxat, so‘ng umumiy ro‘yxatdagi navbat bo‘yicha avtomatik shakllantiriladi. Talabalarning quyidagi toifalariga yotoqxonaga joylashishda ustuvorlik beriladi:

  • “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;
  • I va II guruh nogironli bo‘lgan talabalar;
  • bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;
  • xalqaro fan olimpiadalari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan talabalar;
  • “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik tanlovlarining respublika bosqichi g‘olib bo‘lgan talabalar;
  • OTM talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
  • talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalarini TTJga joylashtirish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi: bunda yotoqxonaga joylashish uchun ariza OTM talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga 2023-yil 25-avgustgacha topshirilishi kerak (kelgusi o‘quv yilidan arizalarni onlayn topshirish imkoniyati paydo bo‘ladi).

Hozircha faqat 1-kurs talabalari Davlat xizmatlari markazlari (DXM) yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali bepul elektron ariza berish yo‘li bilan TTJga joylashishi mumkin. “Gazeta.uz” 2023-yilda talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish bo‘yicha Yagona portal (my.gov.uz) orqali ariza yuborish qo‘llanmasini taqdim etadi.

1-qadam: Tizimga kirish

Dastlab my.gov.uz portaliga kiriladi. Ushbu portalda avval ro‘yxatdan o‘tilgan bo‘lsa, ekranning chap yuqori qismidagi “Kirish”, ro‘yxatdan o‘tilmagan bo‘lsa, “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasi bosiladi. My.gov.uz portali xizmatlaridan foydalanish uchun OneID tizimida ro‘yxatdan o‘tish kerak, bu tizimda ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha qo‘llanma bilan bu yerda tanishish mumkin.

ijara uй, talaba, talabalar, talabalar yotoqxonaси, talabalar turar joyi

Avval ro‘yxatdan o‘tilgan bo‘lsa, belgilangan joyga login va parol yozilib, “Kirish” tugmasi bosiladi va avtorizatsiyadan o‘tiladi. Agar login yoki parol unutilgan bo‘lsa, “Login yoki parol yodingizdan chiqdimi?” havolasini bosib, ma’lumotlarni tiklab olish mumkin. Bu yerda OneID tizimdagi login va parolni qayta tiklash bo‘yicha qo‘llanma mavjud.

ijara uй, talaba, talabalar, talabalar yotoqxonaси, talabalar turar joyi

Avtorizatsiyadan so‘ng shaxsiy kabinetga o‘tiladi. “Sohalar” bo‘limidan “Ta’lim” bloki tanlanadi.

ijara uй, talaba, talabalar, talabalar yotoqxonaси, talabalar turar joyi

Navbatdagi oynaning qidiruviga “Talabalar” kalit so‘zi yoziladi va tizim tavsiya qilgan takliflar orasidan “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)” bandi tanlanadi.

ijara uй, talaba, talabalar, talabalar yotoqxonaси, talabalar turar joyi

Xizmatdan foydalanish uchun biror-bir hujjatni taqdim etish shart emas, xizmat bepul va avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Buning uchun “Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosish kerak.

ijara uй, talaba, talabalar, talabalar yotoqxonaси, talabalar turar joyi

Oynada talabalikka tavsiya etilgan fuqaroning shaxsiy identifikatsion raqami (JSHSHIR) avtomatik tarzda chiqadi. Ommaviy oferta bilan tanishib chiqish kerak. Unda, jumladan, quyidagilar ko‘rsatib o‘tilgan:

  1. Arizada ko‘rsatilgan ustuvorlik/imtiyoz bo‘yicha ma’lumot axborot tizimi bazasida aniqlanmasa, ushbu ustuvorlik/imtiyoz avtomatik ravishda bekor qilinadi. Bunda belgilangan ustuvorlik/imtiyoz haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan deb hisoblanadi va bu haqda ariza beruvchiga ma’lumot taqdim etilmaydi;
  2. Arizada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchi tomonidan ariza bekor qilinadi va qaytadan yangi ariza yuborishi talab etiladi.
  3. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
  4. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishda arizani bekor qilganda, uning arizasi ko‘rmasdan qoldiriladi va navbatdan chiqariladi. Bunda navbatga turish haqidagi xabarnoma yoki yo‘llanma so‘rovnoma bilan birgalikda bekor qilinadi.
  5. Arizachi yo‘llanma shakllangani haqidagi xabarnomani Yagona portaldagi shaxsiy kabineti orqali va telefon raqamiga yuborilgan SMS orqali oladi.
  6. Talabani TTJga joylashtirish OTM va ariza beruvchi o‘rtasida shartnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.

Ariza beruvchi yo‘llanma shakllangandan so‘ng 10 ish kuni mobaynida OTM bilan shartnoma tuzmasa yoki TTJ uchun dastlabki oylik to‘lovni to‘lamagan taqdirda, yo‘llanma bekor qilinadi.

“Keyingisi” tugmasini bosish orqali Ommaviy oferta talablari qabul qilinadi va ikkinchi qadam — “Arizachi haqida ma’lumot” qismiga o‘tiladi.

2-qadam: Arizachi haqida ma’lumot

ijara uй, talaba, talabalar, talabalar yotoqxonaси, talabalar turar joyi

Ushbu oynada arizachining ism-familiyasi, ro‘yxatdan o‘tgan manzili va qabul qilingan ta’lim muassasasi bazaviy ma’lumotlardan kelib chiqib avtomatik paydo bo‘ladi. “Doimiy ro‘yxatdan o‘tgan hudud”, “Doimiy ro‘yxatdan o‘tgan tuman” ma’lumotlari kiritilgach, “Ta’lim shartnoma asosida o‘qiyotgan aka-uka va opa-singlingiz mavjudmi yoki ota-onangiz “Temir daftar”, “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turadimi?” degan savolga javob berish kerak. Agar yo‘q bo‘lsa, shu nomdagi variant belgilanib, “Yuborish” tugmasi bosiladi.

ijara uй, talaba, talabalar, talabalar yotoqxonaси, talabalar turar joyi

Agar ko‘rsatilgan savolga “Ha” javobi belgilansa, so‘ralgan ijtimoiy toifa bilan ariza beruvchining qarindoshlik darajasi, qarindoshining JSHSHIR ma’lumotlari, imtiyozlardan biri tanlanadi va “Yuborish” tugmasi bosiladi.

ijara uй, talaba, talabalar, talabalar yotoqxonaси, talabalar turar joyi

Shundan so‘ng to‘ldirilgan barcha ma’lumotlar bir oynada paydo bo‘ladi. Xatoliklarning oldini olish uchun ma’lumotlarni yuborishdan avval yana bir bor tekshirib ko‘rish lozim. Biror xatolik aniqlansa, “Orqaga”, bo‘lmasa, “Yuborish” tugmasi bosiladi.

ijara uй, talaba, talabalar, talabalar yotoqxonaси, talabalar turar joyi

Yakunda “Amallar xronologiyasi” paydo bo‘ladi. Uni PDF formatda yuklab olish ham mumkin. Ariza holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarg‘aldoq rangdagi katakchada yangilanib turadi (masalan, quyidagi skrinshotdagi arizaning holati — yangi).

ijara uй, talaba, talabalar, talabalar yotoqxonaси, talabalar turar joyi

Ariza holatini tekshirish

Buning uchun ariza topshirish jarayonidagi dastlabki bir nechta harakatlar takrorlanadi. Login va parolni kiritib, My.gov.uz portalidagi shaxsiy kabinetga kirish kerak. Avtorizatsiyadan so‘ng portal sahifalarining yuqori qismida “Foydalanuvchi menyusi” paydo bo‘ladi — u yerdan “Mening arizalarim” bandini tanlash kerak.

ijara uй, talaba, talabalar, talabalar yotoqxonaси, talabalar turar joyi

“Mening arizalarim” sahifasida berilgan arizalarning holatini ko‘rish mumkin. Masalan, quyidagi skrinshotda 1-kurs talabasining yotoqxonaga joylashish bo‘yicha arizasining holati — “Jarayonda”.

ijara uй, talaba, talabalar, talabalar yotoqxonaси, talabalar turar joyi

Talabalar turar joyiga navbatni tekshirish

Yagona portaldagi ushbu xizmat 30-avgustdan so‘ng — arizalar topshirish jarayoni yakunlangach ishga tushadi. Mazkur xizmat orqali ariza beruvchilar talabalar turar joyidagi navbatlarini tekshirib turishi mumkin.

Buning uchun yana My.gov.uz portaliga kirib, avtorizatsiyadan o‘tiladi. Shaxsiy kabinetda “Ta’lim” bo‘limi tanlanadi. Ochilgan sahifaning qidiruv qismiga “talabalar” kalit so‘zi kiritiladi va qidiruv tizimi taklif qilgan xizmatlar orasidan “Talabalar turar joyiga navbatni tekshirish (1-kurs talabalari uchun)” tanlanadi.

ijara uй, talaba, talabalar, talabalar yotoqxonaси, talabalar turar joyi

Oynaning pastki qismida xizmatdan foydalanish statistikasi bilan tanishish mumkin. Masalan, 23-avgust soat 23:22 holatiga ko‘ra, 1745 ta ariza topshirilgan. Xizmatdan foydalanish uchun yuqori chap tarafdagi “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi.

ijara uй, talaba, talabalar, talabalar yotoqxonaси, talabalar turar joyi
Ushbu oynada ariza beruvchining shaxsiy identifikatsion raqami (JSHSHIR) avtomatik tarzda chiqadi. To‘ldirilishi majburiy bo‘lgan himoya kodi qatoridagi arifmetik amalni bajarib, “Tekshirish” tugmasi bosiladi.

ijara uй, talaba, talabalar, talabalar yotoqxonaси, talabalar turar joyi

Ushbu tekshiruv 23-avgustda, ya’ni hali arizalar qabul qilish yakunmagan vaqtda amalga oshirilgani uchun oynada “Ushbu so‘rov uchun navbat shakllanmagan” yozuvi paydo bo‘ldi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishlaricha, 30-avgustdan so‘ng “Tekshirish” tugmasi bosilgach, ushbu qismda biror raqam chiqsa, bu ariza beruvchining arizasi qabul qilinganini anglatadi va ko‘rsatilgan raqam u qabul qilingan OTMdagi imtiyoz kategoriyasidan kelib chiqqan holda uning navbati nechanchi ekanini ko‘rsatadi.

Masalan, tizim ariza beruvchiga 350-raqamini ko‘rsatsa, demak, undan yuqorida turgan 349 kishi yotoqxona bilan ta’minlanishi bilan 350-o‘rindagi talaba bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari aloqaga chiqadi, kerakli ma’lumotlarni taqdim etadi, turar joy bo‘yicha kelishuvlarni tushuntiradi.

Arizalarning ko‘rib chiqilishi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Yoshlar siyosati ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar” bo‘limi boshlig‘i Salohiddin Salohovning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, ariza topshirish 30-avgustgacha davom etadi, arizalar haqidagi ma’lumotlar 4-sentabrgacha bazaga yuklanadi.

“Tizim birinchi marta qo‘llanayotgani bois hozir o‘zimiz uchun ham sinov. Balki 30-avgustdayoq javob qaytarilar yoki yana bir-ikki kunga cho‘zilar. Lekin arizalar qabul qilingan-qilinmagani 4-sentabrgacha aniq bo‘ladi. Da’vogarlarga SMS xabarnomalar jo‘natiladi, qolaversa, ariza beruvchilar Yagona portaldagi shaxsiy kabinetlari orqali ham bu haqda bilib olishlari mumkin”, — deydi mutaxassis.

Uning ta’kidlashicha, talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash ikki bosqichli tanlov asosida amalga oshiriladi. Vazirlik 22-avgustda talabalikka tavsiya etilgan barchaga yotoqxona uchun arizani 30-avgustga qadar My.gov.uz portali orqali onlayn yoki DXMda topshirish kerakligi haqida SMS xabarnoma yuborgan. Bu muddatda barcha imtiyozli toifalarning arizalari ustuvorlik bo‘yicha ko‘rib chiqilib, avtomatik ravishda qabul qilinadi va shu bilan tanlovning birinchi bosqichi yakunlanadi.

“Hamma ham ulgurmasligi mumkin: kimdadir internetdan, kimdadir telefondan muammo bo‘lsa, yana boshqa birov ko‘rish imkoniyati cheklangani uchun bunday qurilmalardan umuman foydalanolmasligi mumkin. Kimlardir shunchaki ariza berish kerakligidan bexabar qoladi, SMSni o‘qimaydi. sentabrda Davlat komissiyasi qarori bilan o‘qishga qabul qilinadigan alohida toifalar, kontrakt pulini to‘lanmaguncha buyrug‘i chiqmaydiganlar uchun tanlovning ikkinchi bosqichi amalga oshiriladi. Shundan keyin kimdir kontraktini to‘lamasligi, kimdir boshqa joyga ko‘chib ketishi, kimdir ijaraga chiqib ketishi ortidan bo‘shaydigan o‘rinlar yana tanlovga qo‘yilaveradi. Biz arizalarni topshirish sanasi ketma-ketligiga muvofiq yana qabul qilaveramiz. Talabalardan yotoqxona uchun ariza qabul qilish yil bo‘yi to‘xtamaydi”, — deydi Salohov.

Mutaxassisning qayd etishicha, ikkinchi va undan yuqori kurslarning yashash joyi masalasi hal qilingan. Ariza topshirishda kechikkan yoki bergan arizasining javobi hali chiqmagan, yotoqxonadan joy berilishi noma’lum bo‘lgan, boradigan joyi aniq bo‘lmagan, o‘qishning birinchi kunidan to‘g‘ri OTMga kelgan talabalarga ijara uylari tavsiya etiladi.

“Shunda ham: „Yo‘q, men yotoqxonada qolishim kerak“, deb turib oladigan talabalar uchun OTMlarda yana qo‘shimcha joylar tayyorlab qo‘yilgan. Ular ariza javoblari chiqquncha bir-ikki kunga o‘sha joylarga joylashib turishi mumkin. Arizalar javobi chiqqach, agar ariza bo‘yicha yotoqxonadan joy ajratilgan bo‘lsa — qoladi, yo‘qsa, iloji yo‘q, ijara uyi taklif qilamiz”, — deya qo‘shimcha qildi vazirlik vakili.