O‘zgidromet xizmati agentligi direktori Sherzod Habibullayev 26−28-avgust kunlari O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib kelishini ma’lum qildi.

Respublika hududi bo‘yicha 26−27-avgustda shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 23−25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

27−28-avgust kunlari kunduzi havo harorati +23…+28 darajagacha pasayadi. 26-avgustda respublika shimolida va cho‘l hududlarda, 27−28-avgustda qolgan hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

sel келиш хавфи, ўзгидроmет

Infografika: Khabibullakhoja Sherzodkhoja / Facebook

Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 27−29-avgust kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.