4-sentabr — yangi o‘quv yili boshlanishi bilan jamoat transportiga bo‘lgan talabni qondirish uchun metroda poyezdlar oraliq harakatlanish vaqti qisqaradi, avtobuslar soni ko‘payadi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Tig‘iz vaqtlarda Chilonzor yo‘nalishida 1,5 daqiqalik, O‘zbekiston yo‘nalishida esa 3−3,5 daqiqalik intervalda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

“Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari 4 oyga profilaktik ishlar sababli yopilishi haqida e’lon berilganida bu yo‘nalishda ham interval 5 daqiqagacha qisqarishi aytilgandi.

Shuningdek, “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi hozirda ishga chiqarilayotgan 1464 ta avtobus soni 1550 (+86) tagacha oshirilishini ma’lum qildi. Bajariladigan qatnovlar sonini esa 21,7 mingtadan 22,8 mingtaga ko‘paytirish belgilangan. sentabr oyi davomida qo‘shimcha yana 9 ta yangi avtobus yo‘nalishini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

Toshkent metropoliteni rahbariyati 2021-yilning dekabrida metroning barcha yo‘nalishlarida “tig‘iz paytlarda” poyezdlarning oraliq intervallari qisqartirilishini aytgandi.