Sunnatilla Xusanovich Bekenov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ozod etildi, deya xabar berdi O‘zA.

U bu lavozimda 2022-yilning iyulidan ish boshlagan. Uning qaysi ishga o‘tgani haqida ma’lumotlar yo‘q.

Sunnatilla Bekenov (1971-yilda tug‘ilgan) O‘zbekiston Milliy universiteti va Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

O‘tgan yillar davomida Moliya vazirligida mas’ul lavozimlarda ishlagan, Iqtisodiyot vaziri, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.