Jamshid Baxtiyorovich Xodjayev Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

U hokimga yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar bo‘ldi.

Jamshid Xodjayev 1987-yilda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008-yilda Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan, mutaxassisligi bo‘yicha milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari o‘qituvchisi.

2017-yildan Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi raisi, 2020-yildan Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

2015 va 2020-yillarda Navoiy viloyatidan Oliy Majlis Senatiga saylangan.

Tayinlovga qadar Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

U 2017-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.