Umid Maxmudovich Mamadaminov O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar bermoqda O‘zA. Vazir o‘rinbosari lavozimlaridan birida vakansiya mavjud edi.
U ma’muriy islohotlardan so‘ng 2023-yil fevralidan beri qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Umid Mamadaminov 1983-yil 24-yanvarda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat texnika universitetini (2006) sanoat elektronikasi va AQShning Oregon texnologiya institutini (2015) tamomlagan.
2015−2018-yillarda u AQShning STANTEC nomli yirik muhandislik va konsalting kompaniyasida ishlagan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ishga o‘tgunga qadar Evergreen Agriculture xususiy korxonasi direktori, undan oldin Jizzakh agritrade kompaniyasi rahbari lavozimida ishlagan.