Isroil Ismoilovich Jabborov Samarqand viloyati Payariq tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Shu yilning fevral oyida u Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Undan avvalroq Jabborov shu viloyatning mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat olib borgan.

Shavkat Mirziyoyev 11-iyul kuni o‘tkazgan videoselektorida hududida investitsiya ko‘rsatkichi qoniqarsizligi sababli 12 nafar hokimni ishdan bo‘shatish va Bosh prokuratura ularning faoliyatini tekshirishi bo‘yicha topshiriq bergandi. Bu rahbarlar orasida Payariq tumani sobiq hokimi Zafar Ergashev ham bo‘lgan.

Ergashev bu lavozimga 2021-yil 12-avgustda kelgan.