15-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosarini saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.

Konstitutsiyasining 93-moddasi birinchi qismining 16-bandi hamda “Oliy majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga asosan Bekzod Narimanovни Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga saylash tavsiya etildi.

Majlisda deputatlar muhokamalardan so‘ng Bekzod Narimanov nomzodini Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga sayladilar va mazkur qaror Senatga yuborildi.

Bekzod Narimanov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent davlat yuridik universitetida kafedra mudiri lavozimida ishlagan.