Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasiga polkovnik Ravshan Irkinovich Sultonxodjayev rahbar etib tayinlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

2021-yil may oyidan buyon Toshkent shahri IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Xorazm viloyati IIBning avvalgi boshlig‘i, general-mayor Davron Nazarmuhamedov yaqinda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.