Rustam Begdullayevich Sultonov Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges axborot xizmati xabar berdi.

Sultonov ushbu lavozimga qadar “Xalq banki”, “Asakabank” va O‘zbekiston Hisob palatasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Qoraqalpog‘iston moliya vaziri lavozimida uzoq vaqtdan buyon ishlab kelayotgan Mahmud Sodiqov o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. U 2016-yilda moliya vaziri lavozimini tark etib, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari etib tayinlangan va 2017-yilda yana vazir lavozimiga qaytgan edi.