O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi hamda administratsiyaning tuzilmasiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar berdi Sherzod Asadov.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etilgandi. U davlat rahbarining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, Sunnatilla Bekenov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan, Furqat Raximov Prezident administratsiyasining Ijro etuvchi apparati tahliliy materiallarni tayyorlash va administratsiya bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etilgan.